Oq uy Amazon'ning boj miqdorlarini oshkor etish rejalarini tanqid qildi
OAV xabarlariga ko‘ra, Amazon Tramp tomonidan kiritilgan qo‘shimcha to‘lovlar miqdorini mahsulot muqovalarida chop etish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Oq uy buni «dushmanlik va siyosiy harakat» deb e’lon qildi.

Foto: Mandel Ngan/AFP/Getty Images
AQSh ma’muriyati Amazon kompaniyasining Qo‘shma Shtatlardagi onlayn-do‘konida AQSh prezidenti Donald Tramp boshlagan savdo urushi sababli amerikalik xaridorlar to‘lashi kerak bo‘lgan qo‘shimcha bojlar miqdorini e’lon qilish haqidagi ehtimoliy qaroridan noroziligini bildirdi. Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt 29 aprel, seshanba kuni bu «Amazon'ning dushmanlik va siyosiy harakati» bo‘lishini aytdi.
U Amazon bosh direktori Jyeff Bezosni Xitoy bilan hamkorlik qilishda aybladi. Livitt Punchbowl News onlayn-platformasi nashriga shu tarzda javob qaytardi. Platforma anonim manbaga tayanib, Amazon'ning Tramp tomonidan muayyan mahsulotlarga qo‘yiladigan qo‘shimcha to‘lovlar hajmini mijozlar uchun shaffof qilish rejalari haqida yozgan.
Ayni paytda Bezos kompaniyasi qo‘shimcha yig‘imlar miqdorini e’lon qilishga tayyorlanayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Amazon'ning ta’kidlashicha, bunday mulohazalar qabul qilinmagan. Korporatsiya vakili Tim Doylning so‘zlariga ko‘ra, bunday qarorlar «tasdiqlanmagan va bo‘lmaydi ham».
Biroq, Doyl qo‘shimcha boj miqdorini e’lon qilish g‘oyasi ayrim mahsulotlar uchun ichki ko‘rib chiqilgani, ammo rad etilganligini tan oldi.
AFP eslatganidek, Amazon asoschisi Jyeff Bezos yanvar oyida Trampning inauguratsiya marosimida boshqa texnologik milliarderlar qatorida ishtirok etgan. O‘shandan beri Oq uy rahbari va ushbu biznesmenlarning bir qismi o‘rtasidagi munosabatlar sezilarli darajada sovuqlashdi. Xususan, Meta bosh direktori Mark Tsukerberg Trampning monopoliyaga qarshi sud jarayonini boshlashiga to‘sqinlik qilishga urinib ko‘rdi, deya qayd etadi agentlik.
Tavsiya etamiz
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00
-
Yevropaga ochilayotgan eshik: Slovakiya bosh vaziri tashrifi va O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar
O‘zbekiston | 16:24
-
“Qo‘ng‘izimdan voz kecholmayman” – “Zaporojyets”ning marg‘ilonlik ishqibozi
Jamiyat | 16:20
-
Xorazmda qishloq xo‘jaligi bo‘limi mas’ul xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Jamiyat | 15:27
Mavzuga oid

02:03 / 31.05.2025
Tramp Maskka Oq uyning oltin kalitini topshirdi

21:23 / 12.05.2025
Amazon 20 yil ichida kompaniya logotipini birinchi marta o‘zgartirdi

20:44 / 07.05.2025
8 yoshli bola onasining telefonidan 70 ming dona konfet buyurtma qildi

07:50 / 29.04.2025