YeI sudi Maltadan «oltin pasportlar» berishni to‘xtatishni talab qildi
Malta «investitsiya evaziga fuqarolik» sxemasidan voz kechishi kerak, aks holda u jarimaga tortiladi.

Foto: Getty images
Yevroittifoq sudi Maltaning «oltin pasportlar» berish tartibi YeI qonunchiligini buzayotgani to‘g‘risida qaror chiqardi, deb xabar beradi Financial Times.
«Yevropa Ittifoqiga a’zo davlat o‘z fuqaroligini, tom ma’noda Yevropa fuqaroligini oldindan belgilangan to‘lov yoki investitsiya evaziga taqdim eta olmaydi, chunki bu fuqarolikni olishni oddiy tijorat bitimiga aylantirish bilan teng», — deyiladi sud qarorida.
Sud versiyasiga ko‘ra, Malta shu orqali YeI shartnomasida belgilangan «o‘z majburiyatlarini bajarmayapti».
FT’ning yozishicha, Malta «investitsiya evaziga fuqarolik» sxemasidan voz kechishi kerak, aks holda u jarimaga tortiladi. Malta hukumati «ushbu qarorning huquqiy oqibatlari o‘rganib chiqilayotgani, fuqarolik bo‘yicha normativ baza qarorda keltirilgan tamoyillarga mos holatga keltirilishini» ma’lum qildi.
2023 yilda Yevrokomissiya Maltaning «oltin pasportlar»ni berish tartibi sabab YeI Oliy sudiga murojaat qilgandi. YeKga ko‘ra, Malta sxemasi butun ittifoq uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin, chunki Malta fuqaroligini olganlar YeIning istalgan mamlakatida yashashi va ishlashi, Yevropa saylovlarida ovoz berishi mumkin.
Avvalroq Ukrainadagi urush sabab G‘arb sanksiyalariga uchragan ba’zi rossiyalik biznesmenlar «oltin viza» dasturi orqali olingan Malta pasportlari tufayli Yevropa Ittifoqi davlatlariga kirish imkoniyatini saqlab qolayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ular orasida biznesmen Albert Avdolyan, shuningdek, AQSh tomonidan «Rossiya davlat idoralariga aloqador foydalanuvchilarga uskunalarni eksport qilishga ko‘maklashgani uchun» ayblangan Yevgeniya Bernova hamda millioner Pavel Melnikov ham bor.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi
O‘zbekiston | 00:28
-
Britaniyada 400 mingdan ortiq davlat xizmatchisi sun’iy intellektdan foydalanishga o‘qitiladi
Fan-texnika | 00:07
-
Navoiy uchun Xitoydan 42 ta zamonaviy avtobus olib kelindi
O‘zbekiston | 00:00
Mavzuga oid

23:20 / 25.05.2025
Malta iyun oyida Falastin mustaqilligini tan oladi

22:27 / 28.04.2025
Sanksiyalar ostidagi yetti nafar rossiyalikda Malta pasporti borligi aniqlandi

14:26 / 02.03.2025
O‘zbekistonning Maltadagi birinchi elchisi tayinlandi

19:49 / 26.02.2025