AQShning 60 mln dollarlik qiruvchi samolyoti Qizil dengizga cho‘kib ketdi
F/A-18 Super Hornet qiruvchi samolyoti Yaman husiylariga qarshi operatsiya doirasida «Harri Trumen» aviatashuvchisi palubasidan suvga tushib ketdi.

Foto: Getty images
AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining F/A-18 Super Hornet qiruvchi samolyoti Yaman husiylariga qarshi operatsiya doirasida Qizil dengizda suzib yurgan «Harri Trumen» aviatashuvchisi palubasidan suvga tushib ketdi.
Harbiy-dengiz kuchlarining 28 apreldagi bayonotida ta’kidlanishicha, qiruvchini shatakka olish vaqtida ekipaj boshqaruvni yo‘qotgan va natijada samolyot hamda shatakchi bortdan tashqariga qulagan. Ekipajning barcha a’zolari topilgan, bir nafar dengizchi yengil jarohat olgan.
CNN ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu hodisa aviatashuvchi Yaman husiylarining hujumiga chap berish maqsadida keskin burilishni amalga oshirganini anglatadi, bu esa samolyotning suvga tushib ketishiga sabab bo‘lgan. Husiylar 28 aprel kuni dronlar va raketalar yordamida «Harri Trumen» aviatashuvchisiga zarbalar berganini ma’lum qilgandi. CNN’ning yana bir suhbatdoshiga ko‘ra, samolyot cho‘kib ketgan.
Harbiy-dengiz kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, bitta F/A-18 qiruvchisining narxi 60 million dollardan oshadi. Qayd etilishicha, aviatashuvchining zarba guruhi va uning aviaqanoti «to‘liq jangovar holatda qolmoqda». Samolyotning bortdan qulashiga bog‘liq holat tergov qilinadi.
2023 yil kuzdan beri Yaman husiylari muntazam ravishda Qizil dengizdagi fuqarolik va harbiy kemalarga hujumlar uyushtirib kelmoqda. O‘sha yilning noyabrida guruh Isroil bilan bog‘liq barcha kemalarga hujum uyushtirilishini aytib, o‘z harakatlarini «Amerika—Isroilning G‘azo sektoridagi bosqinchiligiga» javob deb atagan.
2025 yil 15 martdan beri AQSh Markaziy qo‘mondonligi kuchlari husiylarga qarshi operatsiya o‘tkazmoqda. Ushbu kampaniya doirasida «Harri Trumen» aviatashuvchisi bir necha bor hujumga uchragan. Shuningdek, AQShning boshqa harbiy kemalariga ham zarbalar berilgan.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Otasi tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan 4 yoshli qiz Rossiyadagi onasiga qaytarildi
Jamiyat | 23:51 / 25.06.2025
-
Ispaniya sohillaridan qo‘l-oyoqlari bog‘langan besh kishining jasadi topildi
Jahon | 23:30 / 25.06.2025
-
Bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi, O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya sohasida kelishuv imzoladi, fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:58 / 25.06.2025
-
Tramp Ukrainadagi vaziyat nazoratdan chiqib ketganini ma’lum qildi
Jahon | 22:45 / 25.06.2025
Mavzuga oid

22:45 / 25.06.2025
Tramp Ukrainadagi vaziyat nazoratdan chiqib ketganini ma’lum qildi

20:59 / 25.06.2025
Isroil–Eron urushi: xulosalar

20:46 / 25.06.2025
Eron o‘z yadroviy inshootlari jiddiy shikastlanganini tan oldi

19:52 / 25.06.2025