Rossiya sudi general Moskalikni o‘ldirishda ayblanayotgan shaxsni hibsga oldi
Teraktda ayblangan Ignat Kuzin salkam ikki oyga hibsga olindi. Rossiya Tergov qo‘mitasi u Balashixada general Yaroslav Moskalikning o‘ldirilishida aybini to‘liq tan olganini da’vo qilmoqda.

Foto: Moskva umumiy yurisdiksiya sudlari / TASS
Moskvaning Basmanniy sudi tergovchilarning iltimosnomasini qanoatlantirib, general-leytenant Yaroslav Moskalikni o‘ldirishda ayblanayotgan Ignat Kuzinni dastlabki hibsga olishga hukm qildi. Bu haqda 27 aprel, yakshanba kuni Moskva umumiy yurisdiksiya sudlari va Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi matbuot xizmatlari xabar berdi.
Sud xulosasida aytilishicha, Kuzin 1 oy-u 30 kun muddatga poytaxt tergov izolyatoriga yuborilgan. Unga terrorizm, noqonuniy savdo va portlovchi moddalar va portlovchi moslamalar ishlab chiqarish ayblovlari qo‘yilgan.
Rossiya Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Svetlana Petrenkoning aytishicha, sudlanuvchi o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u Ukraina Xavfsizlik xizmatiga 18 ming AQSh dollariga yollangan.
Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi Bosh operativ boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, general-leytenant Yaroslav Moskalik 25 aprel kuni Moskva viloyatining Balashixa shahrida o‘z uyidan chiqib ketayotib, o‘sha paytda portlagan mashina yonidan o‘tib ketayotganda vafot etdi. U portlash sodir bo‘lgan hovlidagi uyda yashagan. Ertasi kuni Federal xavfsizlik xizmati harbiyning o‘ldirilishida gumonlanuvchining qo‘lga olingani haqida xabar berdi.
Rossiyada va Ukrainaning Rossiya Federatsiyasi tomonidan bosib olingan hududlarida rossiyalik harbiy xizmatchilar va mansabdor shaxslarga suiqasd urinishlari muntazam ravishda sodir bo‘ladi. Ukraina razvedka xizmatlari hech qachon ular uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmagan, lekin ba’zida ommaviy axborot vositalari orqali ularga aloqadorligini tasdiqlagan.
Tavsiya etamiz
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00
-
Jamoa ustunlari: yo‘llanma qo‘lga kiritilishida kimlar qanday hissa qo‘shdi?
Sport | 16:29
-
Yevropaga ochilayotgan eshik: Slovakiya bosh vaziri tashrifi va O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar
O‘zbekiston | 16:24
-
“Qo‘ng‘izimdan voz kecholmayman” – “Zaporojyets”ning marg‘ilonlik ishqibozi
Jamiyat | 16:20
Mavzuga oid

17:34 / 27.04.2025
FXX rossiyalik generalni portlatishda gumonlangan shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi

15:26 / 25.04.2025
Balashixada portlash oqibatida bosh shtab generali halok bo‘ldi

12:29 / 16.07.2024
Rossiyada general Ivan Popov uy qamog‘iga o‘tkazildi

09:38 / 16.09.2023