Rossiyada general Ivan Popov uy qamog‘iga o‘tkazildi
Moskvadagi harbiy garnizon sudi 58-armiya sobiq qo‘mondoni, katta miqdordagi firibgarlikda ayblangan Ivan Popovni tergov hibsxonasidan uy qamog‘iga o‘tkazdi.

Ivan Popov Foto: Ramil Sitdikov / RIA Novosti
Rossiya QKning 58-armiyasi sobiq qo‘mondoni, katta miqdordagi firibgarlikda ayblangan general-mayor Ivan Popov tergov hibsxonasidan uy qamog‘iga o‘tkazildi. Bunday qaror 15 iyul, dushanba kuni Moskvadagi 235- harbiy garnizon sudi tomonidan qabul qilindi, deb yozadi «Mediazona».
Tergov qo‘mitasining harbiy boshqarmasi tergovchisi Popovga nisbatan ehtiyot chorasini yumshatish haqida murojaat qildi. General sud zalida hibsdan ozod qilindi. Majlis yopiq eshiklar ortida o‘tdi.
General Ivan Popovga qarshi ish
General-mayor Ivan Popov may oyining o‘rtalarida RF JKning 159-moddasi 4-qismiga binoan hibsga olingan (uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan katta hajmdagi firibgarlik). Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u 2023 yilda Zaporijjya viloyatida jangovar chiziqdagi muhandislik mudofaa inshootlarini jihozlash uchun mo‘ljallangan, qiymati 130 million rubldan ortiq bo‘lgan 1,7 ming tonnadan ortiq metall prokatini o‘g‘irlashda ishtirok etgan. Iyul oyining boshida Popovga yakuniy ayblov qo‘yildi, unga mansab soxtakorligi ayblovi qo‘shildi (RF JKning 292-moddasi 2-qismi).
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan keyin Popov Zaporijjya yo‘nalishi uchun mas’ul bo‘lgan 58-umumqo‘shin armiyasi qo‘mondoni etib tayinlandi. 2023 yil iyul oyida Davlat dumasi deputati Andrey Gurulev generalning harbiy xizmatchilarga audiomurojaatini e’lon qildi, unda u «yuqori boshqaruv bilan bog‘liq qiyin vaziyat» haqida gapirgan.
Boshqa narsalar qatorida, Popov rahbariyatga kontrbatareya kurashish moslamalari va artilleriya razvedka stansiyalari yo‘qligi, shuningdek, askarlarning «ommaviy o‘limi va jarohati» haqida xabar berganini aytgan, shundan so‘ng u bir kun ichida xizmatdan chetlatildi. O‘sha oyda u Rossiya harbiy kontingentining «rahbarlaridan biri» sifatida Suriyaga jo‘natildi, deb yozdi Ukraina Oliy radasi sobiq deputati Oleg Tsarev o‘zining Telegram-kanalida.
Mudofaa vazirligi mansabdorlarining jinoiy ishlari
Ivan Popov ishi Rossiyada Mudofaa vazirligi sobiq yuqori martabali amaldorlariga qarshi davom etayotgan yagona jarayon emas. Aprel oyida Moskvaning Basmanniy tuman sudi RF mudofaa vaziri sobiq o‘rinbosari Timur Ivanovni o‘ta yirik miqdorda pora olganlikda gumon qilib, ikki oy muddatga tergov hibsxonasiga jo‘natdi (RF JKning 290-moddasi 6-qismi). Vazir o‘rinbosari bilan birga uning sherigi deb taxmin qilingan Sergey Borodin ham hibsga olingan. U ham ikki oy muddatga tergov izolyatoriga jo‘natilgan.
13 iyul, shanba kuni Rossiya mudofaa vazirligining yuqori martabali amaldorlariga pora berganlikda ayblanayotgan yana bir ayblanuvchi, 52 yoshli tadbirkor Igor Kotelnikov tergov izolyatorida vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Uning yurak xurujidan vafot etgani haqida huquq faoli va Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari kengashi (IHK) a’zosi Yeva Merkacheva xabar berdi.
Bundan tashqari, Rossiyada Mudofaa vazirligi kadrlar bo‘limining sobiq boshlig‘i Yuriy Kuznetsov, shuningdek, Bosh shtab rahbari o‘rinbosari Vadim Shamarin hibsga olingan.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Amazon sun’iy intellekt sabab ishchi kuchini qisqartiradi
Jahon | 19:44
-
Eron parlamenti Hormuz bo‘g‘ozini yopishi mumkin
Jahon | 19:25
-
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52
-
Britaniyalik amaldorlar bir yil ichida 2 mingdan ortiq mobil qurilmani yo‘qotib qo‘ydi - The Guardian
Jahon | 18:14
Mavzuga oid

11:16 / 28.04.2025
Rossiya sudi general Moskalikni o‘ldirishda ayblanayotgan shaxsni hibsga oldi

15:09 / 24.04.2025
General Popov 5 yilga qamaldi

12:56 / 12.04.2025
Rossiyada hibsga olingan general Popov Ukrainadagi urushga yuborilmaydi

14:50 / 24.05.2024