Xitoy Filippin yaqinidagi bahsli kimsasiz orolni egallab oldi
Xitoylik ofitserlar orolga bayroq o‘rnatib, suratga olish ishlarini tugatgach, ko‘p o‘tmay hududni tark etgan.

Foto: CCTV
Xitoy Filippinning Janubiy Xitoy dengizidagi eng muhim harbiy bazasidan atigi bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan bahsli orolni o‘z hududi deb e’lon qildi. Bu haqda XXR markaziy televideniyesi xabar berdi.
Gap Spratli arxipelagidagi Sendi-Key nomli kimsasiz orol haqida ketmoqda. Xitoy sohilni qo‘riqlash xizmati u yerda mamlakat bayrog‘ini ko‘targan — bu yillar davomida mintaqadagi bo‘sh turgan yer maydonini rasmiy ravishda egallashning ilk holatidir. Reportajda aytilishicha, Pekin bu harakatni «suverenitetini e’lon qilish va Filippin tomonining noqonuniy faoliyati haqida videodalillar to‘plash» maqsadida amalga oshirgan.
Orol maydoni 200 metr kvadratdan biroz kattaroq bo‘lgan qumli qirg‘oqdan iborat. Biroq xalqaro qonunlarga ko‘ra, bunday orol 22 kilometr radiusdagi hududiy suvlarga egalik huquqini beradi. Ushbu zonaga Filippin tomonidan Xitoyning dengizdagi faoliyatini kuzatish uchun foydalanilayotgan Titu oroli ham kiradi. Titu orolida Manila 2023 yildan buyon boshqarib kelayotgan eng muhim harbiy nuqtalaridan biri joylashgan. Hozirda u yerdagi infratuzilma, shu jumladan, uchish-qo‘nish yo‘lagi modernizatsiya qilinmoqda.
Shu bilan birga, hozircha Filippin tomoni Sendi-Keyda Xitoyning doimiy ishtirokini qayd etmagan. Mamlakat dengiz xavfsizligi boshqarmasi vakilining aytishicha, Xitoy sohilni qo‘riqlash xizmati ofitserlari bayroq o‘rnatib, suratga olish ishlarini tugatgach, ko‘p o‘tmay hududni tark etgan.
Xitoy tomonidan mazkur orol ustidan yurisdiksiya e’lon qilinishi 28 aprel kuni Spratli arxipelagi yaqinida boshlanishi rejalashtirilgan Filippin—Amerika harbiy mashg‘ulotlari arafasida sodir bo‘ldi. Bu mashg‘ulotlar qirg‘oq mudofaasi va orolni egallash bo‘yicha manyovrlarni o‘z ichiga oladi.
Janubiy Xitoy dengizidagi hududiy mojarolar Ikkinchi jahon urushidan keyin Yaponiya qo‘ldan chiqargan ikkita orol guruhiga bog‘liq. Spratli arxipelagiga Xitoy va Filippindan tashqari Vetnam, Tayvan, Malayziya va Bruney ham da’vo qilib keladi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ronaldu Saudiya Arabistonida qoldi
Sport | 19:05
-
Uzbekistan Airways ikkita yangi Airbus A321neo samolyotlarini olib keladi
O‘zbekiston | 19:03
-
Sifatli chiziq – xavfsiz hayot. O‘zbekiston yo‘llarida “yo‘qolib ketadigan” chiziqlar haqida
Jamiyat | 19:00
-
Eronda Isroil foydasiga josuslik qilishda gumonlanib, qariyb 700 kishi hibsga olindi
Jahon | 18:56
Mavzuga oid

18:51
Xitoy quyosh va shamol energiyasini rivojlantirish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

14:58 / 25.06.2025
Xitoy O‘zbekistonga eski mashina nomi ostida yangi mashinalar yetkazib bermoqda – OAV

14:55 / 24.06.2025
Xiaomi, Ugreen va Baseus xavfsizlik tahdidi tufayli pauerbanklarni qaytarib olishni boshladi

08:26 / 24.06.2025