“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi
Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qo‘yishlari uchun barcha sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan 2024 yilning prezidentimiz tomonidan “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nomlanishi ham ularga berilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin namunasidir.

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi kubogi-2025” futbol musobaqalari doirasida jamiyatning Boshqaruv raisi ishtirokida tashkil etilgan “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqotining mohiyati ham yoshlar bilan samimiy suhbatlashish, ular ichki dunyosiga nazar solish, qiziqishlarini o‘rganish, tahlil qilish orqali muammolarini hal qilishdan iborat.
Uchrashuvda tizim korxona va filiallarida faoliyat olib borayotgan 200 dan ortiq yoshlar ishtirok etdi.
Takliflardan kelib chiqib korxonalarda tashkil etilgan kutubxonalar tasarrufida “Yosh kitobxonlar klub”larini shakllantirish, yosh olimlarni rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida mamlakatimizning tarixiy obektlariga sayohatlar uyushtirish va “Eng yaxshi startaplar” tanlovini o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Yoshlar ham yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘zini to‘la namoyon etishiga ishonch bildirdi.
Ma’lumot uchun qayd etish joizki, bugungi kunda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda 30 yoshgacha bo‘lgan besh mingdan ortiq yoshlar faoliyat olib bormoqda.
Bu kabi uchrashuvlar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi barcha tizim korxonalarida muntazam tashkil etilishi qayd etildi.
Tadbirda korxona ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi yoshlar taqdirlandi.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00
-
Erondagi 25 shaharda itlarni ko‘chada sayr qildirish taqiqlandi
Jahon | 17:45
-
Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston chigirtkalarga qarshi kurashda birlashadi
Jahon | 17:12
-
"Navoiyuran" korxonasida ESG tamoyillari asosida yangi standartlar joriy etildi
O‘zbekiston | 17:00
Mavzuga oid

15:00 / 17.05.2025
O‘zbekiston elektr taqsimlash infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun Jahon bankidan 100 mln dollar jalb qiladi

12:00 / 09.04.2025
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xitoyning energetik kompaniyalari bilan hamkorlikni yanada kuchaytiradi

17:00 / 02.04.2025
Samarqandda xalqaro sammit oldidan elektr ta’minoti tizimi qayta ta’mirlandi

15:49 / 21.12.2024