AQSh 18 davlat bilan savdo muzokaralari rejasini tayyorladi
Muzokaralar bir necha bosqichda bo‘lib o‘tadi. Meksika, Kanada va Xitoy ularda qatnashmaydi.
AQSh Savdo vakilligi tomonidan tayyorlangan sxema bo‘yicha 18 davlat bilan bosqichma-bosqich muzokaralar olib borish niyatida, deb yozdi The Wall Street Journal (WSJ).
Reja tarif siyosatini yumshatishni muhokama qilish maqsadida ishlab chiqilgan. Bu bojlar va kvotalar, tarifsiz savdo to‘siqlari, raqamli savdo, tovarlarning kelib chiqishi, iqtisodiy xavfsizlik kabi toifalarga ta’sir qiladi, dedi nashr manbalari, keyinchalik hujjat o‘zgarishi mumkin.
Ushbu sxemaning bir qismi sifatida AQSh ayrim mamlakatlar uchun talablarni belgilaydi; yirik savdo hamkorlari bilan ikki oy davomida muzokaralar olib boriladi. Muhokamalar 8 iyul kuni, prezident Donald Tramp boshqa davlatlarga nisbatan keng ko‘lamli tariflarni joriy etishni keyinga surgan 90 kunlik muddat tugashi bilan boshlanadi. AQSh pauzani uzaytiradi yoki agar tomonlar kelishuvga erisha olmasa, tariflar kuchga kiradi.
Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt avvalroq ma’muriyat savdo hamkorlaridan 18 ta taklif olganini, hozir ular ko‘rib chiqilayotganini aytdi. U qaysi davlatlar ekaniga aniqlik kiritmadi. WSJ nashrining yozishicha, 90 kunlik pauza ta’sir qilmagan Meksika va Kanada hamda eng qattiq choralar nishoniga aylangan Xitoy muzokaralarda qatnashishi dargumon: Vashington Pekinga qarshi bir necha marta tariflar joriy qildi va ular 145 foizga yetdi. Pekin bunga javoban Amerika mahsulotlariga tariflarni 125 foizga oshirdi va ba’zi foydali qazilmalar eksportiga cheklovlar kiritdi.
WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati Xitoyga boj to‘lovlarini 50-65 foizgacha tushirishni ko‘rib chiqmoqda. Uning o‘zi agar Pekin «muhim» narsani taklif qilmasa, tariflarni bir tomonlama yumshatmasligini aytdi.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi
O‘zbekiston | 00:28
-
Britaniyada 400 mingdan ortiq davlat xizmatchisi sun’iy intellektdan foydalanishga o‘qitiladi
Fan-texnika | 00:07
-
Navoiy uchun Xitoydan 42 ta zamonaviy avtobus olib kelindi
O‘zbekiston | 00:00
Mavzuga oid

22:38 / 09.06.2025
Saida Mirziyoyeva AQSh davlat kotibi yordamchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

21:09 / 09.06.2025
Shavkat Mirziyoyev AQShning yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi

18:40 / 09.06.2025
Tramp agar Mask demokratlar tomoniga o‘tsa, uni jazolashga va’da berdi

18:20 / 09.06.2025