Toshkentdagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining bir qismi 30 maygacha yopiladi
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasi 24/7 ko‘chaga aylantirilmoqda. ko‘chaning infratuzilmasi o‘zgarib, aholiga, yo‘lovchilarga va shaharsozlik normalariga to‘la mos tushadigan maskan qilinadi.
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining bir qismida vaqtincha transport vositalari harakati to‘xtatiladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston ovozi ko‘chasining Yahyo G‘ulomov ko‘chasi bilan kesishmasidan Shahrisabz ko‘chasigacha bo‘lgan qismi 24 aprel soat 7:00 dan 30 maygacha transport harakati uchun yopiladi. Hokimlikka ko‘ra, ko‘cha 7/24 ko‘chaga aylanmoqda.
Mazkur ko‘chaning infratuzilmasi o‘zgarib, aholiga, yo‘lovchilarga va shaharsozlik normalariga to‘la mos tushadigan maskan qilinadi.
Avvalroq Mirzo Ulug‘bek tumanidagi KHAY va Oqqo‘rg‘on ko‘chalari kesishmasi issiqlik tarmoqlarining quvurlari almashtirilishi sababli 1 maygacha yopilgandi.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

09:53 / 05.06.2025
Toshkentda hayit namozi munosabati bilan ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi

08:55 / 12.05.2025
Toshkentda ko‘p qavatli turar joy qurish uchun berilgan xulosa sudda bekor qilindi

08:37 / 02.05.2025
Toshkent ko‘chalaridan birida mashinalar harakati vaqtincha to‘xtatildi

08:09 / 29.04.2025