Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Voyaga yetmagan bola Toshkent aeroportining o‘zida vasiy etib tayinlangan yaqin qarindoshiga topshirilgan.

Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar beradi Ijtimoiy himoya milliy agentligi.
Qayd etilishicha, 21 aprel kuni voyaga yetmagan fuqaro Toshkent xalqaro aeroportida Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Ichki ishlar vazirligining mas’ul xodimlari tomonidan kutib olingan. U o‘sha yerning o‘zida «Inson» markazi tomonidan unga vasiy etib tayinlangan yaqin qarindoshiga topshirilgan.
Ta’kidlanishicha, mazkur holatda «inson» ijtimoiy xizmatlar markazi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatadi, ularni jamiyatga moslashtirish va psixologik reabilitatsiyaga yo‘naltirilgan xizmatlar bilan ta’minlaydi.
Avvalroq Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Undan oldin esa Qozog‘istondan ota-ona qaramog‘isiz qolgan 10 nafar bola Toshkentga olib kelingan edi.
Mavzuga oid

16:38
2029 yilda lavozimimni tark etaman – To‘qayev

20:50 / 30.05.2025
Prezident global siyosiy jarayonlar sharoitida Italiya bilan muloqot maydonini yaratish nihoyatda zarurligini ta’kidladi

16:38 / 30.05.2025
To‘qayev Qozog‘iston nega BRICS a’zosi bo‘lmasligini tushuntirdi

14:55 / 30.05.2025