8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
Shuningdek, yomg‘ir suvlarining to‘planishi hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Foto: Kun.uz
19-22 aprel kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel xavfi yuzaga kelishi mumkin.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, quyidagi hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuz berishi mumkin:
- Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi.
Shu bilan birga, Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.
Mavzuga oid

20:03 / 30.05.2025
Issiq havo qaytadi, ba’zi hududlarga sel keladi - kutilayotgan ob-havo tahlili

11:34 / 30.05.2025
Dam olish kunlari quruq va issiq havo bo‘lishi kutilmoqda

12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

11:24 / 26.05.2025