Tramp tariflari ortidan dollar va fond indekslari quladi
Dollar kursi olti oylik davrdagi eng past darajaga tushdi va AQSh obligatsiyalarining daromadliligi pasaydi.

Foto: Reuters
Fond indekslari quladi, sarmoyadorlar savdo urushi va global retsessiyadan qo‘rqib, mablag‘larni obligatsiyalar, oltin va iyenaga tikmoqda. Jahon bozori (jumladan, Qo‘shma Shtatlar) Donald Trampning import qilinadigan tovarlarga boj tariflarini joriy etishiga shunday munosabatda bo‘ldi, deb yozdi Reuters.
Tramp buni «Ozodlik kuni» deb atadi. Ammo dollar kursi olti oylik davrdagi eng past darajaga tushdi va AQSh obligatsiyalarining daromadliligi pasaydi.
Fitch Ratings ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh o‘rtacha import solig‘i 2024 yildagi 2,5 foizdan Tramp davrida 22 foizga oshgan, bu 1910 yildan beri kuzatilmagan hodisa. Barclays tahlilchilari boj tariflarining oshishi narxlarning ko‘tarilishiga, sarmoyalarning qisqarishiga va iqtisodiy o‘sishning sekinlashishiga olib kelishidan ogohlantirmoqda. Investorlar Trampning keyingi harakatlarini va boshqa mamlakatlardan ehtimoliy javob choralarini kutishmoqda.
3 aprel kuni Tramp butun dunyo uchun importga 10 foizlik asosiy tarifni e’lon qildi, ammo ayrim mamlakatlar uchun tariflar sezilarli darajada yuqori. Masalan, Xitoy tovarlari uchun 34%, Yaponiya uchun 24%, Vetnam uchun 46%, Janubiy Koreya uchun 25% bo‘ladi. Yevropa Ittifoqiga 20 foizlik boj joriy qilindi. Rossiya va Shimoliy Koreya uchun tarif 10% bazaviy darajada qoldi.
Bojlar po‘lat, alyuminiy, mis, oltin va boshqa muhim tovarlarni yetkazib berishga taalluqli emas. Bundan tashqari, bojlar avtomobil qismlari, farmatsevtika mahsulotlari, yarim o‘tkazgichlar, yog‘och va «AQShda mavjud bo‘lmagan energiya va boshqa ba’zi mineral resurslar» importiga taalluqli emas.
Tavsiya etamiz
Yirik hisob retsepti. Arteta Anchelottini qanday dog‘da qoldirdi?
Sport | 11:29 / 09.04.2025
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Istanbulda Rossiya va AQSh muzokaralari yakunlandi
Jahon | 19:11
-
Davlat xizmatchilariga qo‘shimcha to‘lovlar to‘lash mexanizmlari bekor qilinishi mumkin
O‘zbekiston | 19:09
-
Amazonʼning sun’iy yo‘ldoshlari ortilgan raketa parvozi noqulay ob-havo sabab bekor qilindi
Jahon | 18:36
-
Toshkentda «Gazel» daraxtga borib urildi
Jamiyat | 18:30
Mavzuga oid

18:26
AQSh demokratlari Trampni «insayderlik»da aybladi

18:22
Demokrat kongressmenlar Ilon Maskni ishdan olishni talab qildi

17:05
Abu-Dabida Rossiya va AQSh o‘rtasida mahbuslar almashinuvi bo‘lib o‘tdi

11:25