JSST O‘zbekistonda tibbiyot sohasidagi loyiha faoliyatini kengaytiradi
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining maslahatchisi va JSST vakolatxonasi rahbari mamlakatda tibbiyot sohasidagi loyiha faoliyatini kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.

Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining maslahatchisi Munira Aminova Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Ashina Xalakdina bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekistonning Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Sog‘liqni saqlash sohasida, jumladan, "O‘zbekiston–2030" strategiyasi doirasida tegishli vazifalarni amalga oshirishda yaqin hamkorlikni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish va takomillashtirishga qaratilgan loyiha faoliyatini kengaytirish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirish mavzusiga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid

22:58 / 20.05.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi

22:23 / 17.05.2025
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi

11:10 / 09.05.2025
Shifokor va hamshiralarni tayyorlash bo‘yicha yagona malaka talablari ishlab chiqiladi

19:13 / 07.05.2025