Atlantika okeanida 6,5 tonna kokain ortilgan suvosti kemasi to‘xtatib qolindi
Uning bortida besh nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan va kemadan xalqaro jinoiy guruh foydalanib kelgan.

Foto: CBS News
Portugaliya politsiyasi Azor orollari yaqinida to‘xtatib qolingan suvosti kemasidan qariyb 6,5 tonna kokainni musodara qildi, deb xabar beradi CBS News.
Nautilus nomini olgan operatsiya Portugaliyada butun 2024 yil davomida musodara qilingan rekord darajadagi 23 tonna kokainning chorak qismiga teng giyohvand moddani qo‘lga kiritish imkonini bergan.
«Ushbu mamlakat Yevropaga olib kiriladigan kokainlar uchun birinchi punktlardan hisoblanadi. Narkomafiya giyohvand moddalar kontrabandasida suv ostiga to‘liq sho‘ng‘imagan holda harakatlanadigan kemalardan tobora ko‘proq foydalanmoqda», — deyiladi xabarda.
Politsiya bayonotida ko‘ra, kema Atlantika okeanining markaziy qismida, Azor orollaridan 500 dengiz mili janubda tutib qolingan. Uning bortida besh nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan, kemadan xalqaro jinoiy guruh foydalanib kelgan.
Operatsiyada nafaqat Portugaliya harbiy-dengiz va havo kuchlari, balki xalqaro sheriklar, jumladan, AQSh giyohvand moddalarga qarshi kurash boshqarmasi, Buyuk Britaniya jinoyatchilikka qarshi kurash agentligi va Ispaniya fuqarolik gvardiyasi ham ishtirok etgan.
Ta’kidlanishicha, Portugaliya olib kiriladigan kokainning asosiy oqimi dengiz yo‘li orqali Lotin Amerikasida keladi. Odatda kemalar Kolumbiya qirg‘oqlarida qayd etilsada, so‘nggi oylarda ularni dunyoning turli nuqtalarida payqashgan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Har biriga ming dollar” – Andijonda pul evaziga fuqarolarni Rossiya-Ukraina urushiga yollashga uringan taksichi qamaldi
O‘zbekiston | 18:19
-
“Geosiyosat” muloqoti. O‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob oling
Jahon | 18:10
-
Myanmadagi vayronkor zilzila sabablari aytildi
Jahon | 18:09
-
Uzbekistan Airways yana bir LET-L-410 samolyotiga ega bo‘ldi
O‘zbekiston | 18:06
Mavzuga oid

14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi

22:29 / 30.12.2024
Ispaniya hukumati 7 tonna kokainni musodara qildi

18:57 / 07.12.2024
Dominikana rasmiylari rekord darajadagi 9,5 tonna kokainni musodara qildi

17:25 / 06.12.2024