Uysiz erkak jinlarni haydayman deb, mashinani pachoq qildi
Minskda 49 yoshli tayinli turarjoyga ega bo‘lmagan «bomj» ikki shisha vino ichgandan so‘ng, uning ko‘ziga avtomobil ichida jinlar ko‘rina boshlagan va ularni haydab solishga bel bog‘lagan, deb xabar beradi «Minsk-Novosti» axborot agentligi xabar berdi.

Foto: Geely Atlas
Minskda u metall chiqindilarini yig‘ib, topgan puliga ikki shisha vino sotib oldi. Yankovskiy ko‘chasidagi hovlida joylashtirilgan chiqindixonalar yonida ichib o‘tirgan payti, ko‘ziga yaqinida to‘xtab turgan «Geely Atlas» avtomobil ichida jinlar bazm qilib o‘tirgandek ko‘rinadi.
U jinlarni haydashga qaror qiladi va qo‘lidagi shisha bilan ikki bor mashina old eshigiga urdi. Natijada shisha sinadi, kuzov esa shikastlanadi.
Sudda aybini to‘liq tan oldi. Ma’lum bo‘lishicha, u doimiy yashash joyiga ega emas, rasman hech qayerda ishlamaydi va avval 12 marta jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Minskning Frunze tumani prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, sud uni jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzish, jamiyatga ochiqdan-ochiq hurmatsizlik bildirish va o‘zganing mulkka zarar yetkazish bilan bog‘liq qasddan amalga oshirilgan harakatlar (ya’ni, bezorilik)da aybdor deb topdi.
Natijada sud unga 1 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. Jazoni u qattiq rejimdagi koloniyada o‘taydi. Shuningdek, sud uni majburiy ravishda alkogolizmdan davolanishga yubordi va jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini yukladi.
Mavzuga oid

15:20 / 14.03.2025
AQShda olti kun mashinada qamalib qolgan ayol kurtkasi yordamida omon qoldi

14:37 / 27.01.2025
Pokistonda Tesla Cybertruck’ning arzon nusxasi yasaldi

13:27 / 17.12.2024
YeI Minskka qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

08:58 / 12.12.2024