Havayidagi eng faol vulqon 200 metr balandlikkacha lava otdi
Vulqon harakati turistlarni jalb etgan, ular xavfsiz masofadan turib, tabiat hodisasini kuzatishlari mumkin.

Foto: Getty images
Havayida 2024 yil oxirlarida harakatga kelgan Kilauea vulqonining otilishi davom etmoqda. Uning yangi faollik fazasi 25 mart kuni boshlangan va ertasi kuniyoq vulqon lavalari 200 metrdan ortiq balandlikka otilgan.
Vulqonning hozirgi harakati 2024 yil 23 dekabrda boshlangan edi. Uch oy ichida jami 15 ta faollik fazasi kuzatilgan bo‘lib, ular 24 soatda 12 sutkaga qadar davom etgan.
Vulqon harakati turistlarni jalb etgan, ular xavfsiz masofadan turib, tabiat hodisasini kuzatishlari mumkin. Xalemaumau kraterlari chetiga ham bir nechta kamera o‘rnatilgan — ular vulqon otilishini uzluksiz translatsiya qilmoqda.
Lava oqimlari mahalliy aholiga tahdid uyg‘otmaydi, ammo vulqon gazlari potensial xavf tug‘dirishi mumkin, ayniqsa, respirator va yurak-qon tomir kasalligi bor insonlarda. Bundan tashqari, xavf tug‘diruvchi omillardan biri «Pele sochlari» deb ataluvchi ipga o‘xshash vulqon shishasidan hosil bo‘lgan lava tolalaridir. Ular erigan bazaltning cho‘zilishi natijasida shakllanadi — shamol ta’sirida uzoq masofalarga tarqalib, inson terisi yoki ko‘zlariga tekkanda, zarar yetkazishi mumkin.
Kelauea dengiz sathidan 1243 metr balandlikda Havayi orolining janubi-sharqiy qismida joylashgan. U Tinch okeani arxipelagidagi eng faol vulqon hisoblanadi. Masalan, Puu-Oo krateri 40 yildan oshiq vaqtdan beri — 1983 yildan buyon uzluksiz otilib turadi.
2018 yilda Kilaueaning faol fazasi may oyidan avgustga qadar davom etgan. O‘shanda lava sabab mahalliy aholi evakuatsiya qilingandi. Vulqon otilishi oqibatida yuzaga kelgan yong‘inlar natijasida 700 dan ziyod uy yonib ketgan.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

20:29 / 02.06.2025
Italiyadagi Etna vulqoni yana otilishni boshladi

19:29 / 26.05.2025
Havayida Kilauea vulqoni otilishni boshladi

18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi

21:33 / 22.04.2025