Shols hukumati rasman iste’foga chiqdi
Yangi Bundestagning birinchi yig‘ilishi kuni Frank-Valter Shtaynmayyer kansler va hukumatni iste’foga chiqardi. Ular iste’foga chiqqanlik to‘g‘risidagi guvohnomalarni oldi, ammo o‘z lavozimlarida vaqtincha vazifasini bajaruvchi bo‘lib qoladi.

Foto: Ralf Hirschberger/AFP
Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer federal kansler Olaf Shols va uning hukumatining 14 vaziriga iste’fo guvohnomalarini topshirdi. Marosim 25 mart, seshanba kuni Berlin markazidagi Belvyu prezident saroyida bo‘lib o‘tdi.
Vazirlar ishdan bo‘shatildi, ammo vazifasini bajaruvchi sifatida qoladi
Germaniya Federativ Respublikasi asosiy qonunining 69-moddasiga ko‘ra, yangi Bundestag chaqiriladigan kun kansler va vazirlar o‘z ishini to‘xtatadi. Uning birinchi yig‘ilishi 25 mart kuni bo‘lib o‘tdi.
Biroq, Shtaynmayyer Shols va barcha 14 vazirdan lavozimda yana bir necha hafta vaqtinchalik qolishni so‘radi. Ushbu tartib qonun bilan ham nazarda tutilgan.
Kansler va vazirlar yangi hukumat tuzilmaguncha ishlashda davom etadi. Fridrix Mers avvalroq uni Pasxa, 20 aprelgacha shakllantirishga va’da bergan edi.
Shtaynmayyer Sholsga minnatdorchilik bildirdi
Vazirlar oldidagi nutqida Shtaynmayyer ularga «minnatdorchilik» izhor etdi, Sholsni «idrok ovozi» deb atadi hamda kansler va hukumatning «katta sa’y-harakatlarini», jumladan, Ukrainadagi urush oqibatlarini bartaraf etishdagi xizmatlarini e’tirof etdi. Shols va Shtaynmayyer ilgari Germaniya Sotsial-demokratik partiyasida (GSDP) partiyadosh bo‘lgan. Ikkinchisi 2017 yilda prezident bo‘lganidan keyin a’zoligini to‘xtatdi.
Mavzuga oid

23:24 / 31.03.2025
Germaniyada bankir tovuqlar ijarasi bilan shug‘ullanish uchun ishdan bo‘shadi

21:00 / 31.03.2025
Yevropa uchta muammo iskanjasida qoldi - Rabbimov

21:18 / 30.03.2025
G‘arbiy Yevropa hududidan uchirilgan ilk kosmik raketa parvozi muvaffaqiyatsiz yakunlandi

07:57 / 30.03.2025