Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda

Vagenroogedagi mayoq. Foto: Hauke-Christian Dittrich / dpa
Shimoliy dengizdagi Vangerooge orolida joylashgan shu nomdagi shaharcha yangi rahbar izlashga kirishdi — bu safar e’lon gazetada chop etildi, deb xabar bermoqda Spiegel nashri.
Xristian-demokratlar, sotsial-demokratlar va «yashillar» partiyasi Vangeroogeda hokimlik uchun munosib nomzod topish maqsadida qo‘shma tarzda gazetada e’lon berishga qaror qildi.
E’londa shunday deyiladi: «Biz bilan siz mas’uliyatli lavozimda kelajakni shakllantira olasiz».
Bu e’lon shanba kuni mahalliy nashrda chop etildi va yaqin kunlarda boshqa nashrlarda ham tarqatiladi.
Vakansiyada aniq talablar ham keltirilgan:
– orolda yashashga tayyorlik,
– oliy ma’lumot,
– ma’muriy ish tajribasi,
– qonunda belgilangan yosh doirasiga kirish (23–67 yosh).
Siyosiy partiyalar bu tashabbus orqali hokimiyatdagi kadr tanqisligi muammosini hal qilishni ko‘zlamoqda. Ta’kidlanishicha, administrativ sohada malakali xodim topish, ayniqsa orolda, deyarli imkonsiz bo‘lib qolgan.
Qizig‘i, 7 yil oldin ham shahar aynan shunday usul — gazetada e’lon orqali hozirgi hokim Marsel Fangorni topgandi. Yaqinginada mayoqchi lavozimi uchun e’lon internetda virusli tarzda tarqalib, Vangerooge butun Germaniyaga mashhur bo‘lgandi.
Orolda yangi hokim saylovi 17 avgustga belgilangan. Nomzodlar 14 iyungacha hujjat topshirishi mumkin.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Rossiyada migrantlarga taksida ishlashni taqiqlash taklif etildi
Jahon | 20:24
-
Rossiya Zaporijjyadagi koloniyaga zarba berdi
Jahon | 20:05
-
4 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:58
Mavzuga oid

13:21
Mers: AQSh va YeI kelishuvining oqibatlari Germaniyaga ta’sir qiladi

11:56
Bloomberg: Germaniya 2029 yilgacha harbiy budjetini ikki baravar oshirmoqchi

19:16 / 28.07.2025
O‘zbekiston Butunjahon yozgi Universiadani 13-o‘rinda yakunladi

08:59 / 28.07.2025