“O‘ziga ishongan ayollarga alohida hurmat bilan qarayman” - Saida Mirziyoyeva
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
“Qiyinchiliklarga qaramay, o‘z ishini boshlayotgan, o‘ziga ishongan va olg‘a intilayotgan ayollarga doimo alohida hurmat bilan qarayman. Ularning qat’iyati va muvaffaqiyat sari ildam harakati oilani ham, jamiyatni ham, mamlakatni ham oldinga siljitadigan kuchdir”, — deydi Mirziyoyeva.
Prezident yordamchisi o‘z biznesini rivojlantirishga intilayotgan xotin-qizlar uchun yaratilgan Hamroh prezident dasturini alohida tilga oldi.
Ushbu dastur doirasida har bir ayol zarur bilimlarni olishi, murabbiylar ko‘magi hamda imtiyozli kreditlar va grantlardan foydalanishi mumkin.
“Ishonchim komilki, har bir muvaffaqiyat tarixi O‘zbekiston taraqqiyotiga qo‘shilgan hissadir. Bunday voqealar kun sayin ko‘payib bormoqda”, — deb ta’kidlagan Mirziyoyeva.
Eslatib o‘tamiz, Hamroh dasturi doirasida 2025 yil 1 maydan quyidagilarni amalga oshirish belgilangan:
· xotin-qizlarga “yashil loyihalar” va IT sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga, shuningdek, kamida 5 nafar xotin-qizning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashgan 1 ming nafar “ustoz” tadbirkorlarga 50 million so‘mgacha grant ajratish;
· ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan xotin-qizlarga 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratish;
· ayol tadbirkorlar tomonidan kredit hisobidan sotib olinayotgan asbob-uskunalar yetkazib berilgunga qadar “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kafillik taqdim etilishini yo‘lga qo‘yish.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Davlat departamenti Kongressni USAID tarqatib yuborilishi haqida xabardor qildi
Jahon | 00:27
-
AQSh harbiylar uchun miya implantlari ustida ish olib bormoqda
Jahon | 00:16
-
Toshkentda hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan qator ko‘chalar yopiladi
Jamiyat | 23:27 / 28.03.2025
-
Ukraina armiyasi Belgorod oblastida bir necha aholi punktini egallagan: ko‘priklar portlatilmoqda
Jahon | 23:20 / 28.03.2025
Mavzuga oid

19:19 / 25.03.2025
«Birinchi imkoniyat» doirasida tadbirkorlar ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi

19:17 / 25.03.2025
«Chempion» tadbirkorlar ro‘yxatiga kiritish mezonlari belgilandi

18:32 / 19.03.2025
Saida Mirziyoyeva AQSh Kongressi a’zosi Kerol Miller bilan uchrashuv o‘tkazdi

16:11 / 19.03.2025