O‘zbekiston | 12:21
1502
2 daqiqa o‘qiladi

Kambag‘allikni qisqartirish jamg‘armasining vazifalari belgilandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.

Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etilgan, u to‘g‘risidagi nizom va uning Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlangan.

Jamg‘armaning asosiy maqsadi – "Kambag‘al oilalar reyestri"ga kiritilgan shaxslarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga ko‘maklashuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga subsidiya, grant va kreditlar taqdim etish.

2025 yil 1 oktyabrdan boshlab Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan fuqarolarga naqd pul shaklida beriladigan subsidiya, grant va ssudalar bosqichma-bosqich ijtimoiy karta orqali taqdim etiladi.

Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • Jamg‘armani boshqarish tartibi; 
  • Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari;
  • mablag‘lardan foydalanish yo‘nalishlari;
  • Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazorat.

Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari:

  • Davlat budjetidan har yillik transfertlar;
  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy soliq bo‘yicha daromadlardan ajratmalar;
  • xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablag‘lari, boshqa xorijiy donorlarning ixtiyoriy yordami;
  • jismoniy va yuridik shaxslarga berilgan kreditlar bo‘yicha olingan summalar;
  • Jamg‘armaning tijorat banklarida va boshqa moliyaviy vositalarda erkin mablag‘larini joylashtirishdan olingan daromadlar;
  • qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Mavzuga oid