O‘zbekiston | 11:44 / 11.03.2025
7248
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston kanallarni betonlash hisobiga suv sarfini 15 foizgacha kamaytirdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston joriy yilda Sirdaryo bo‘ylab avtomatlashtirilgan suv o‘lchash moslamalarini o‘rnatish ishlarini yakunlashni rejalashtirmoqda.

Foto: O‘zA

"O‘zbekistonda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish jadal sur’atlarda davom etmoqda. Bu yerda maxsus axborot-tahlil markazi bor. Mazkur markaz mutaxassislari bugun bizga hisobot berishdi. Biz ikki tomonlama kelishuvga erishdik. Xodimlarimiz mart oyida O‘zbekistonga borib, ularning olib borayotgan ishlari bilan yaqinroq tanishadi", – deb yozgan "Kazinform" xalqaro axborot agentligi Qozog‘iston suv resurslari va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov fikrlaridan iqtibos keltirib.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston, shuningdek, kanallarni betonlash orqali suv sarfini 15 foizgacha kamaytirgan.

"Qozog‘istonda ham yirik loyihalar amalga oshirilgan. Shu bilan birga, tomonlar joriy yilda Sirdaryo bo‘ylab avtomatlashtirilgan suv hisoblagichlarini o‘rnatish ishlarini yakunlashni rejalashtirmoqda", – deb yakun topgan "Kazinform" xabari.

Mavzuga oid