Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholi yashash massivlarida yashil hududlarni betonlashtirganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
2025 yil 1 iyuldan boshlab ko‘p qavatli uylar massivlaridagi tuproq va yashil qoplamali umumiy foydalanishdagi hududlarni o‘zboshimchalik bilan betonlashtirganlik, qurilma va konstruksiyalarni o‘rnatganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytiriladi.

Foto: Kun.uz
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.
“Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yilida mamlakat rivojlanishining ustuvor yondashuvlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- mahallalarning ekologik qiyofasini yaxshilash, ko‘chalarda yashillik darajasini oshirish, ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhitini shakllantirish;
- aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni yaratish;
- tabiiy resurslarni tejash va ulardan oqilona foydalanish, ekologik barqarorlikni ta’minlash;
- o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash, ko‘paytirish va keyingi avlodga yetkazish hamda biologik xilma-xillikni saqlash;
- “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini keng joriy qilish, iqtisodiyotni iqlim o‘zgarishiga moslashtirishga qaratilgan loyihalarni barqaror moliyalashtirish;
- respublika energobalansida qayta tiklanuvchi energiya ulushini oshirish, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida yirik “yashil energiya” stansiyalarini barpo etish, hududlarda kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘ini kengaytirish, aholi xonadonlarida quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish.
Keng jamoatchilik, xalqaro va mahalliy ekofaollar, ekologiya sohasi ilmiy hamjamiyati takliflarini inobatga olgan holda tuproqning unumdor qatlamini saqlab qolish va yashil hududlarni asrash maqsadida 2025 yil 1 iyuldan boshlab ko‘p qavatli uylar massivlaridagi tuproq va yashil qoplamali umumiy foydalanishdagi hududlarni o‘zboshimchalik bilan betonlashtirganlik, qurilma va konstruksiyalarni o‘rnatganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytiriladi.
Tavsiya etamiz
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neft – dunyo iqtisodiyotining yuragi
Moliya | 23:17 / 09.08.2025
-
Ukraina va Yevropa o‘z tinchlik rejasini taqdim etdi – WSJ
Jahon | 22:29 / 09.08.2025
-
Rossiya harbiy brigadalardan birini migrantlar bilan to‘ldirdi – DeepState
Jahon | 21:33 / 09.08.2025
-
Mehnat huquqiga oid farmon: nimalar o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot | 21:11 / 09.08.2025
Mavzuga oid

21:19 / 17.07.2025
“400 mln so‘m sarflagandik” – Toshkentda hokimlik fuqarolar barpo qilgan yashil hududni auksionda sotib yubordi

14:13 / 16.06.2025
«Maqsadi bitta – tadbirkorlarga sotish!» – prezident yashil hududlar qurilish uchun berib yuborilayotganini tanqid qildi

11:44 / 11.03.2025
O‘zbekiston kanallarni betonlash hisobiga suv sarfini 15 foizgacha kamaytirdi

15:33 / 04.10.2024