Jamiyat | 23:20 / 11.03.2025
3024
1 daqiqa o‘qiladi

Angren shahrida yuk mashinasi yonib ketdi

Yong‘in oqibatida tan jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Foto: FVV

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yuk tashuvchi transport vositasida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 11 mart kuni soat 18:40 larda Toshkent—Vodiy A-373 avtomobil yo‘lining 91 kilometrida harakatlanib ketayotgan yuk tashuvchi transport vositasida yong‘in kelib chiqqan.

Kun.uz obunachilaridan biri mazkur yuk mashinasi yonayotgani tasvirlangan videoni yuborgan edi.

Yong‘in o‘chirish ekipaji voqea joyiga soat 18:50 da etib borgan va u soat 19:07 da to‘liq o‘chirilgan.

«Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q», — deyiladi xabarda.

Bir necha kun oldin Zomin tumani Dashtobod shaharchasida Zil-130 rusumli yuk avtomobilida yong‘in chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga oid