Toshkentda madaniy meros obekti yonida noqonuniy qurilish to‘xtatildi
Toshkentda madaniy meros obekti yonida noqonuniy qurilish to‘xtatildi, deb xabar bermoqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi.

Foto: Facebook / muzeyartuz
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi Yakkasaroy tumani Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 28-uy manzilida olib borilayotgan qurilish ishlarini to‘xtatdi.
Da’vo arizasi O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan Madaniy meros agentligi tomonidan O‘zbekiston amaliy san’at muzeyiga tahdid solayotgan qonunbuzarliklar sababli kiritildi.
Muzey muhim madaniy meros obekti va Toshkent modernizmining diqqatga molik namunasi hisoblanadi. Shu singari maskanlarni muhofaza qilish nafaqat tarixni, balki shaharning me’moriy qiyofasini saqlab qolish uchun ham muhim ekani ta’kidlandi.
Mavzuga oid

17:42 / 01.07.2025
O‘zbekistonda qurilish oynalarini qayta ishlash uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etilmoqda

18:13 / 26.06.2025
Rossiyada migrantlarning qurilishdagi ulushi ma’lum qilindi

11:33 / 23.06.2025
O‘zbekistonda 1 iyuldan uy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi

12:30 / 08.06.2025