Rossiya benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni yoz oxirigacha uzaytirdi
Rossiya hukumati benzin eksportiga 1 martdan 31 avgustgacha taqiq qo‘ydi. Amaldagi taqiq 28 fevralda tugashi kerak edi.

Foto: Aleksandr Ryumin / TASS
Rossiya hukumati 1 martdan 31 avgustgacha avtomobil benzini eksportini taqiqladi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori imzolandi, deya xabar bermoqda Meduza nashri.
Cheklovlar to‘g‘ridan to‘g‘ri neft mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladigan yetkazib berish, xalqaro hukumatlararo kelishuvlar va xalqaro gumanitar yordam ko‘rsatish uchun eksport qilinadigan yonilg‘iga ta’sir qilmaydi.
Qaror ichki yoqilg‘i bozoridagi barqaror vaziyatni saqlab qolish, neftni qayta ishlash iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash va avtobenzinning “kulrang” eksportiga qarshi kurashish uchun qabul qilingan.
Benzin eksportini taqiqlash 2024 yilning fevralida joriy qilingandi. Dastlab u 1 martdan 31 avgustgacha amalda bo‘lishi kerak edi. Biroq may oyida ichki bozorning to‘yingani va Ukraina uchuvchisiz uchoqlari hujumidan zarar ko‘rgan neftni qayta ishlash zavodlarida rejadan tashqari ta’mirlash ishlari yakunlangani sababli cheklovlar muddatidan oldin bekor qilindi. Sentyabr oyida benzin eksporti yana taqiqlandi. Amaldagi cheklovlar 28 fevralda tugashi kerak edi.
Ukraina uchuvchisiz uchoqlari muntazam ravishda Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berib, faoliyatini to‘xtatishga majbur qiladi. Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak fevral oyi o‘rtalarida bir qator neftni qayta ishlash zavodlarida hujumlar va keyinchalik rejadan tashqari ta’mirlash ishlariga qaramay, Rossiyada neft mahsulotlari ishlab chiqarish barqarorligicha qolayotganini aytdi.
Mavzuga oid

13:23 / 10.03.2025
430 tonna Ai-80 benzinini noqonuniy ravishda sotib yuborgan MChJ aniqlandi

18:48 / 08.03.2025
Suriyada notinchlik – ijtimoiy tarmoqlarda odamlarning ommaviy qirg‘ini videolari tarqaldi

08:20 / 08.03.2025
Reuters: AQSh Rossiya neft va gaziga nisbatan sanksiyalarni yumshatishi mumkin

20:38 / 07.03.2025