Toshli tuman - Toshloqdan reportaj
Kun.uz mamlakatning eng chekka hududlarida bo‘lib, odamlar hayoti bilan yaqindan tanishishda davom etadi. Bu safargi manzil Farg‘ona viloyatining Toshloq tumani bo‘ldi.
Toshloq — Farg‘ona viloyatidagi tuman. 1935 yilda tashkil etilgan. 1959 yilda Oxunboboyev tumaniga birlashtirilgan. 1973 yil 12 aprelda qayta tiklangan.
Toshloq Marg‘ilon shahri, Qo‘shtepa, Yozyovon, Quva tumanlari, Quvasoy shahri va shimoli-sharqdan esa Andijon viloyatining Bo‘z tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,24 ming km². Aholisi 219 ming kishi. Tuman markazi — Toshloq shaharchasi. Aholi asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Sanoat ham rivojlanib boryapti. Toshloq tumaniga 2020 yildan beri Abduqahhor Jo‘raboyev hokimlik qilib keladi.

Toshloqning markazida bo‘lib, aholidan tuman nega bunday nomlanishini so‘radik. Xo‘sh, toshloqliklar o‘z hokimlarini taniydilarmi? Tuman aholisini qanday muammolar qiynaydi? Bozordagi sotuvchilarning kunlik daromadi qancha? Bu haqda ularning o‘zlaridan qiziqib so‘radik.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, aksariyat aholi nima uchun tuman “Toshloq” nomi bilan atalishini bilmasliklari ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, odamlarning ko‘pchiligi o‘z hokimlarini tanimaydi. Muammo esa...
Toshloq tumanida aholi bozor bilan bog‘liq muammo mavjudligi aytdi. Bozorda yetarlicha sharoit yo‘qligidan odamlar tashqariga chiqib piyodalar yo‘lagida savdo qilishar ekan. So‘rovnomada ishtirok etganlarning bildirishicha, dam olish xiyobonlarining yo‘qligi eng og‘riqli muammolardan biri.
Tuman aholisini qiynayotgan muammolar bo‘yicha izoh olish uchun hokimning 1-o‘rinbosari Kamoliddin Umarovga yuzlandik.

U haqiqatan ham aholi aytgan muammolar borligi, yaqin vaqt ichida bozor ham xiyobon qurilishini aytdi. Hokim o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, bozor va xiyobon uchun yer ajratilgan, loyiha ham ma’qullangan.
Kun.uz boshqa tumanlarga ham borib, odamlar hayoti bilan yaqindan tanishishda davom etadi.
Sarvar Ziyoyev,
Kun.uz
Operator va montajchi – Sardor Mamirov
Mavzuga oid

15:51 / 24.02.2025
Farg‘ona viloyatida avtomobil yo‘lining bir qismi o‘pirilib tushdi

16:22 / 11.02.2025
“Tog‘am bosmachi emas, qahramon edi” - Madaminbekning 102 yoshli jiyani Odiljon ota

17:43 / 08.02.2025
Tepaliklar birlashtirgan tuman: Qo‘shtepa tumaniga sayohat

14:44 / 02.02.2025