Qozog‘istonda politsiya xodimlari uch o‘zbekistonlikning pasportini olib qo‘ydi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari sa’y-harakatlari bilan Qozog‘istonga muolaja olish maqsadida borgan uch nafar vatandoshning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari olib berildi.

Foto: "Dunyo" AA
Diplomatik missiyadan olingan ma’lumotga ko‘ra, F.R., F.A. va S.M. mahalliy ichki ishlar xodimlari tomonidan pasportlari noqonuniy tarzda olib qo‘yilgani bo‘yicha murojaat qilgan.
O‘rganishlar davomida, shu yil 28 yanvar kuni mahalliy politsiya xodimlari ular turgan mehmonxonaga kelib, ularning pasportlarini olib qo‘ygani va Qozog‘istondan chiqarib yuborish bilan tahdid qilgani ma’lum bo‘ldi.
Olmaota viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mutasaddilari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida, politsiya xodimlarining xatti-harakatlari va talabi noqonuniy bo‘lgani o‘z tasdig‘ini topdi.
Chunki, 2000 yil 7 iyuldagi O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi fuqarolarning o‘zaro sayohatlari to‘g‘risidagi Shartnomaga muvofiq O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston hududida bir oy muddatgacha registratsiyasiz bo‘lishi mumkin.
Ushbu talabdan kelib chiqib, yuqorida nomlari keltirilgan yurtdoshlar Qozog‘iston qonunchiligini buzmagan. Shu bois, hech qanday ma’muriy javobgarliksiz ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarining qaytarilishi ta’minlandi.
Mavzuga oid

17:23 / 11.03.2025
AQShda 40 yil oldin qamoqdan qochgan jinoyatchi ushlandi

15:39 / 11.03.2025
Iste’fodagi politsiya iti o‘rmonda yo‘qolgan qariyaning hayotini saqlab qoldi

12:38 / 11.03.2025
RBK: Rossiyada politsiya uchun smartfonlarni buzib kirish qiyinlashdi

13:58 / 07.03.2025