Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda yana bir haydovchi YPX xodimini mashinasida sudrab ketdi
Haydovchi ushlangan va ko‘zda yosh bilan kechirim so‘ragan.

Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yo‘l patrul xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan yana bir haydovchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda mashinada eshigidan ushlab olgan YPX xodimi ketayotgani aks etgan video tarqaldi.
Samarqand viloyati YHXX xabariga ko‘ra, 4 fevral kuni soat 19:10 lar atrofida Oqdaryo tumani hududidan o‘tuvchi M37 avtomobil yo‘lining 34-kilometrida xizmat olib borayotgan YPX xodimi to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzgan Cobalt’ning yoniga kelib, haydovchidan hujjatlarini so‘ragan.
Biroq haydovchi me’yoriy hujjatlarni taqdim qilmagan va qonuniy talabga bo‘ysunmasdan harakatni davom ettirib ketgan.
«Kecha men GAI xodimiga hujjat bermasdan, mashinani haydab ketib yubordim. Baribir meni topishdi, ushlashdi. Ichki ishlar organi xodimi oila a’zolari, o‘zidan kechirim so‘rayman. Qilgan ishimdan pushaymonman. Xatolarimdan kerakli saboq chiqardim. Bu hol boshqa takrorlanmaydi.
Yo‘l patrul xizmati xodimidan qochib, oxiri qamoqqacha yetib keldim. Barcha haydovchilarga shuni aytamanki, GAI to‘xtatganida to‘xtasin, menga o‘xshab mana shunaqa vaziyatga tushib qolmasin», — deydi haydovchi ko‘zda yosh bilan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchi protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Samarqand shahrida Onix haydovchisi YPX inspektorining to‘xtash talabiga e’tibor bermay, uni avtomobil kapotida sudrab qochib ketgandi. Xodim yerga yiqilib jarohat olgan, haydovchi ushlangan.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina va Rossiya delegatsiyalari shu hafta Istanbulda uchrashishi kutilmoqda
Jahon | 21:43
-
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38
-
Indoneziyada prezident mushugiga qo‘riqchi tayinlanishi ortidan mojaro kelib chiqdi
Jahon | 21:28
-
Xitoyda ishga borishni istamaydiganlar uchun klinika ochildi
Jahon | 20:55
Mavzuga oid

13:09 / 09.07.2025
Samarqandda 3 milliard so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlandi

14:59 / 24.06.2025
Samarqandda Zarafshon daryosi qirg‘og‘ida qolib ketgan fuqarolar qutqarildi

10:21 / 21.06.2025
Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini sotayotganlar ushlandi

17:15 / 10.06.2025