Rossiyaga kiruvchi migrantlar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi mumkin
Tegishli qonun loyihasi Davlat Dumasiga kiritilishi kutilmoqda.

Foto: Vladimir Afanasev
Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vladimir Volodin Rossiyaga kiruvchi xorijliklarni majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik tashabbusi Davlat Dumasiga kiritilishini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, u hukumatdan umuman mehnat migratsiyasini tartibga solish va migrant oilalarning Rossiyaga kirishiga oid takliflar kiritishini kutayotganini aytdi.
«Migratsiya siyosati sohasini to‘liq tartibga solinmaguncha takomillashtirishni davom ettirish muhim. Buni migratsiya jarayonlarini tartibga solish va nazorat qilish uchun mas’ul bo‘lganlarning barchasi tushunishi kerak», deb yozdi mulozim.
2025 yil fevral oyida Rossiya Ichki ishlar vazirligi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy Rossiya hududida 670 mingga yaqin noqonuniy migrant borligini, ularning aksariyati ayollar va bolalar ekanini aytdi.
2025 yil yanvar oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzolagan farmonga ko‘ra, noqonuniy migrantlar 2025 yil 30 aprelgacha Rossiyani tark etishi yoki o‘z holatini qonuniylashtirishi shart.
Mavzuga oid

19:53 / 11.03.2025
Yevropa nimadan qo‘rqmoqda: mintaqa o‘zini himoya qila oladimi?

17:26 / 11.03.2025
AQSh ma’muriyati migrantlarni «o‘z-o‘zini deportatsiya qiluvchi» ilovani ishga tushirdi

23:28 / 10.03.2025
Rossiyadan ko‘chmas mulk xarid qilayotgan o‘zbekistonliklar soni oshdi

17:32 / 10.03.2025