Kreml vakili Tramp tahdidiga javob qaytardi
AQSh prezidenti agar Ukrainadagi urushni to‘xtatmasa, Rossiyaga yangi sanksiyalar bilan tahdid qilgan edi.

Foto: Anadolu Agency
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh prezidenti Donald Trampning murojaatiga javob qaytardi.
Avvalroq, Oq uyning yangi rahbari agar Ukrainadagi urushni to‘xtatmasa, Rossiyaga yangi sanksiyalar bilan tahdid qilgan edi.
Dmitriy Peskov bu bayonotda «hech qanday yangi elementlar yo‘qligini» aytdi.
«Rossiya Qo‘shma Shtatlar bilan teng, o‘zaro hurmatli muloqotga tayyor bo‘lib, undan yangi signallarni kutmoqda, biroq, hozircha bu signallar yo‘q. Kreml barcha bayonotlarni diqqat bilan kuzatmoqda va Trampning yangi sanksiyalar kiritishi haqidagi tahdidlarida biz hech qanday yangi elementlarni ko‘rmayapmiz. Tramp o‘zining birinchi prezidentlik davrida sanksiya usullariga eng ko‘p murojaat qilgan va bu usullarni yoqtiradi», dedi Peskov.
Mavzuga oid

22:24
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

20:25
Rossiyada qariyb 54 ming qamoqxona noziri yetishmayotgani ma’lum bo‘ldi

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17