Toshkentda Captiva yonib ketdi
Hodisa oqibatida hech kimga zarar yetmagan. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Foto: Kadr: Telegram
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yangihayot tumanida yonib ketgan avtomobil to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 18 yanvar kuni soat 15:38 da Yangihayot tumani Sofdil ko‘chasida joylashgan avtoturargohda avtomobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 15:43 da yetib borgan va yong‘in soat 15:51 da o‘chirilgan.
Ta’kidlanishicha, yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
«Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», — deyiladi xabarda.
Bundan oldin Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida Cobalt, Toshkent viloyatida esa Mazda mashinalari yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.