O‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi: qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi
Qurilma uyda qush boqadiganlar uchun ideal yordamchi bo‘lishi mumkin, ammo uning bahosi yangi iPhone narxiga teng.

AQShda uyda boqiladigan qushlar va ularning egalari hayotini osonlashtirishga mo‘ljallangan yangi texnologiya taqdim etildi, deb yozmoqda NewAtlas. Reli Birddy — dunyodagi birinchi aqlli qafas bo‘lib, unda turli xil yoritish moslamalari, o‘z-o‘zini tozalash tizimi, don va suvni avtomatik uzatish funksiyalari mavjud.
To‘rtta g‘ildirakli oyoqlardan iborat Reli Birddy qafasi yirik o‘lchamlari bilan ajralib turadi —82×46×180 santimetr. Qafas ramkasi po‘latdan yasalgan, old va yon tomonlarida eshikchalar bor. Qafas ichidagi aqlli qurilmalarning barchasi qushlar tegmaydigan qilib joylashtirilgan. Quti tashqarisida uni boshqarishga mo‘ljallangan siferblat joylashgan. Bundan tashqari qafasni 16 tilda ishlaydigan maxsus ilova yordamida smartfondan boshqarish mumkin. Tizim Bluetooth va Wi-Fi’ga tez ulanadi.
Aqlli qafasning birinchi fishkasi uning yoritgichlarida. Kun botgandan keyin qafas ichi shunday yoritiladiki, qushlarning o‘zi qafasga qaytib keladi.
Ikkinchi xususiyati — o‘z-o‘zini tozalash tizimi va aqlli dozatorlar. Tozalash tizimi avtomatik ravishda qush axlatini lotokka yig‘adi, unga dezinfeksiya bilan ishlov beradi va toki uy egasi olib ketmaguncha uni berkitib qo‘yadi. Dozatorlar don po‘stlog‘ini ajratib, qushlarga mag‘zini qoldiradi, qotib qolgan suvni filtrlaydi, so‘ng yemishlarning barchasini jonivorlar oxuriga jadval bo‘yicha soladi. Shu tariqa qafasga tozalash vositalari kerak bo‘lmaydi, ozuqa ham tejaladi.
Aqlli qurilmaning yagona kamchiligi — narxi qimmatligida. Reli Birddy’ni hozir 599 dollarga olish mumkin, ammo keyin narx 899 dollarga ko‘tariladi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilning G‘azoga ertalabki hujumi oqibatida 29 falastinlik halok bo‘ldi
Jahon | 07:44
-
BMT: G‘azoda atigi 4,6 foiz foydalanishga yaroqli ekin maydoni qoldi
Jahon | 07:41
-
Lukashenko yil oxirigacha «Oreshnik» Belarusda joylashtirilishini ma’lum qildi
Jahon | 07:37
-
JSST zararli mahsulotlar narxini oshirishga chaqirdi
Jahon | 23:50 / 02.07.2025
Mavzuga oid

15:35 / 02.07.2025
AQSh USAID dasturlarini rasman yopdi

15:24 / 02.07.2025
Paramount kompaniyasi Donald Trampga 16 million dollar kompensatsiya to‘laydi

11:29 / 02.07.2025
AQSh Ukrainaga va’da qilingan o‘q-dorilar bir qismini yetkazib berishni to‘xtatdi

09:49 / 02.07.2025