Ko‘chmas mulk obektlarining kadastr raqamlariga tuzatish kiritiladi
Kadastr raqami – yer uchastkasi, bino, inshootga tegishli O‘zbekiston hududida takrorlanmaydigan raqam. U qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda uni shakllantirishda beriladi va ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obekti sifatida mavjud bo‘lguniga qadar saqlanib qoladi.

Foto: iStock
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekiston hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish va ko‘chmas mulk obektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizom quyidagilarni belgilaydi:
- respublika hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish tarkibi va tamoyillari;
- kadastr va ko‘chmas mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimida ko‘chmas mulk obektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish;
- kadastr raqamlarini ko‘chmas mulk obektlari bo‘yicha toifalashtirish orqali ularni hisobga olish va hisobini yuritish.
Kadastr agentligiga 2024 yil 1 dekabrgacha O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy birliklarini tuzish, tugatish va ularning chegaralaridagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda ko‘chmas mulklarning yangi kadastr raqamlarini shakllantirish uchun UZKAD tizimiga texnik tuzatishlar kiritilishini ta’minlash topshirildi.
Yer uchastkalari, binolar va inshootlarni identifikatsiya qilish tizimi yagona tamoyil asosida tuzilgan bo‘lib, uning asosiga yer uchastkasining kadastr raqami kiritilgan.
Kadastr raqami – yer uchastkasi, bino, inshootga tegishli O‘zbekiston hududida takrorlanmaydigan raqamdir, u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda uni shakllantirishda beriladi va u ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obekti sifatida mavjud bo‘lguniga qadar saqlanib qoladi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonning TURKSOYdagi vakili tayinlandi
O‘zbekiston | 08:55
-
Isroil 48 soat ichida G‘azoga 26 marotaba hujum qildi
Jahon | 08:45
-
Saudiya kompaniyasi O‘zbekistonda shamol elektr stansiyalari uchun turbina va qanotlar ishlab chiqaradi
O‘zbekiston | 08:34
-
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali neft tashish narxi keskin tushib ketdi
Jahon | 08:32
Mavzuga oid

15:54 / 07.02.2025
Finlandiya rossiyaliklarga ko‘chmas mulk bilan bog‘liq kelishuvlarni taqiqlashga qaror qildi

21:00 / 09.12.2024
200 dollarlik fotosurat, “ish bitirgan” kurka bolalari va qo‘shmachining “tanka”si – noodatiy poralar

12:07 / 30.11.2024
Davlat kadastrlar palatasining Yangihayot tuman filiali sobiq boshlig‘i 12 yilga qamaldi

17:35 / 11.11.2024