Uchta hududda tuman hokimlari o‘rinbosarlari pora bilan ushlandi
Taxiatosh va Bo‘ka tumanlari hokimlarining qurilish, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, Bo‘ston tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tezkor tadbirlarda pora bilan qo‘lga olindi. Ularning barchasiga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Bosh prokuraturaning Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda hududlarda qator tumanlar hokimlari o‘rinbosarlari va boshqa mansabdorlar pora olishda gumonlanib ushlandi, deya xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumani hokimining qurilish, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hokimlik balansida bo‘lgan va rejaviy buzilishga tushgan uyni mahalliy fuqaroga buzish ishlarini olib borish hamda buzish davomida chiqqan materiallardan o‘z xohishiga ko‘ra foydalanish (sotish) vakolatini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytgan.
Buning evaziga 35 million so‘m talab qilgan. Tezkor tadbirda hokim o‘rinbosari so‘ralgan pul mablag‘idan 32 mln so‘mni o‘zining xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Andijon viloyati Bo‘ston tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi o‘z nomida bo‘lgan va chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalik tasarrufidagi 10 gektar yer maydonini eksportbop mahsulotlar yetishtiriluvchi yer toifasiga o‘zgartirgan.
Bu haqda tuman hokimining ekin maydonlarini joylashtirish to‘g‘risidagi qarorini chiqartirib, uni kavrak o‘simligi yetishtirmoqchi bo‘lgan tadbirkorga 3 yilga foydalanishga berish evaziga 20 ming dollar talab qilgan. U oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga tushgan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida kengash raisi avans sifatida olgan pulni Bo‘ston tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga berishi kerakligi ma’lum bo‘lgan. Tezkor tadbir davom ettirilgan hamda ushbu mansabdor shaxs ham 10 ming dollarni o‘zining xizmat avtomashinasida olgan vaqtida ushlangan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining Bo‘ka tumani bo‘limi boshlig‘i 2022 yilda qurilgan ko‘p qavatli uy uchun «Qurilishi tugallangan obektni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risida davlat qabul qilish dalolatnomasi»ni tasdiqlatib berish evaziga 2500 dollar talab qilgan.
Uning topshirig‘iga ko‘ra, tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Tergovga qadar tekshiruv davomida mansabdor 1200 dollarni Bo‘ka tumani hokimining qurilish, kommunikatsiya, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga berishi kerakligi ma’lum bo‘lgan.
Tezkor tadbir davom ettirilgan hamda mazkur mansabdor shaxs ushbu pul mablag‘ini o‘zining xizmat avtomashinasida olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda uchala holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 2-qismining tegishli bandlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

18:19 / 20.06.2025
Farg‘onada tuman MIB boshlig‘i pora bilan ushlandi

08:26 / 19.06.2025
DXX ta’lim sohasida poraxo‘rlik holatini aniqladi

08:27 / 16.06.2025
Soliq idorasi mansabdorining noqonuniy harakati fosh qilindi

15:27 / 09.06.2025