Rossiyaning Ukrainada ikki yillik urushdagi yo‘qotishlari hisoblab chiqildi
«Vajnyye istorii» nashrining hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukrainaga qarshi urush paytida 70 mingdan ortiq rossiyalik halok bo‘lgan. Urushning ikkinchi yilida o‘ldirilgan rus erkaklari soni deyarli ikki baravar ko‘paydi.

Foto: AP
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi dastlabki ikki yilida 71 mingdan ortiq rossiyalik erkak halok bo‘ldi, «Vajnyye istorii» surishtiruvi natijalari 27 iyun, payshanba kuni e’lon qilingan. Jurnalistlar Rossiyaning yo‘qotishlari ko‘lamini ortiqcha o‘lim ko‘rsatkichi usuli asosida baholadilar.
2023 yilda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida kamida 45 ming rossiyalik halok bo‘ldi, bu o‘tgan yildan ikki baravar ko‘p, deb yozadi nashr Rosstat so‘nggi ma’lumotlariga tayanib. Demograflar muharrirlar bilan suhbatda, berilgan ma’lumotlar urushda halok bo‘lganlarning minimal ehtimoliy soni ekanligini taxmin qilishdi.
Rosstat statistikasining xususiyatlari
Bu o‘lim shaxsning yashash joyida ham, vafot etgan joyida ham, masalan, Ukrainaning egallab olingan hududlarida qayd etilishi mumkinligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, Rosstat egallab olingan hududlarda o‘lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qilmaydi. Nashrning qayd etishicha, bedarak yo‘qolganlar ham rasmiy statistikaga kiritilmagan.
Ikkala tomon yo‘qotishlari haqida rasmiy ma’lumotlar yo‘q
Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush paytida Rossiya armiyasining yo‘qotishlari haqida ishonchli ma’lumotlar yo‘q. «Mediazona» nashri va BBC rus xizmati jurnalistlari ko‘ngillilar bilan birgalikda 2024 yil apreliga qadar ochiq manbalardan 50 mingdan ortiq halok bo‘lgan rossiyalik harbiylar ismlarini aniqladilar. Xuddi shu oyda Britaniya Mudofaa vazirligi Rossiyaning ushbu urushdagi ehtimoliy yo‘qotishlarini 450 ming kishiga baholadi. AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Uilyam Berns yanvar oyida 315 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgani haqida gapirdi.
Ukraina qurolli kuchlarining bu vaqt ichidagi yo‘qotishlari haqida ham rasmiy ma’lumotlar yo‘q. 2024 yil fevralida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ilk bor 31 ming ukrainalik askar halok bo‘lganini e’lon qilgan edi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kun.uz’ning rasmiy Telegram kanalidagi nojoiz reklamalar yuzasidan obunachilarga murojaat
Jamiyat | 20:03
-
Kiyevda Boeing ofisi zarbaga uchragan, Tataristonda dron zavodiga hujum qilindi
Jahon | 19:45
-
«Bolalar o‘limi eng og‘riqli joyimiz» - YHXX boshlig‘i bolalar qatnashgan YTHlar va statistika haqida
O‘zbekiston | 18:12
-
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12
Mavzuga oid

10:25
Rossiya Ukraina shaharlarini o‘qqa tutishni kuchaytirdi - fotolar

23:14 / 14.06.2025
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi

21:33 / 14.06.2025
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi

20:19 / 14.06.2025