Denovda savdo majmuasi hududida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
Voqea joyiga Denov, Sho‘rchi, Oltinsoy, Sariosiyo va Qumqo‘rg‘on tumanlari FVBning 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan.

Bugun, 25 iyun tungi soat 02:12 da Denov tumani Bobur mahallasida joylashgan «Bek» MChJga qarashli savdo majmuasi hududidagi 4 ta asosiy va 8 ta kichik savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lgan.
Surxondaryo viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, 90 kvadrat metr maydondagi buyum hamda kiyim-kechaklar yong‘indan zararlangan.
Voqea joyiga Denov, Sho‘rchi, Oltinsoy, Sariosiyo va Qumqo‘rg‘on tumanlari FVBning 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 02:20 da yetib borib, yong‘in soat 02:30 da qurshab olingan va soat 03:50 da batamom o‘chirilgan.
O‘t o‘chiruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida majmua boshqa hududlariga yong‘in tarqalishining oldi olingan va 48 ta savdo do‘koni hamda 500 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

10:23 / 10.03.2025
Toshkentdagi savdo majmualarining birida yong‘in sodir bo‘ldi

21:23 / 09.03.2025
Nyu-Yorkda yong‘inlar sabab favqulodda holat rejimi e’lon qilindi

18:55 / 01.03.2025
Toshkentdagi 9 qavatli uyda yuz bergan yong‘in vaqtida bir kishi o‘zini pastga tashlab halok bo‘ldi

13:49 / 28.02.2025