Qimmatbaho metallarni sotib olishda chegirma qo‘llash tartibi takomillashtirildi
Prezident qarori bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga qo‘shimchalar kiritildi.
“Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritildi:
- qimmatbaho metallarni kechiktirib to‘lash sharti bilan sotib olish imkoniyatidan foydalanilgan har bir kun uchun foizlar hisoblash tartibi joriy qilindi, xususan:
- 30 kun ichida amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga – foiz hisoblamaslik;
- 31-kundan 180 kun ichida amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga – Markaziy bank asosiy stavkasi miqdorida foiz hisoblash belgilandi.
Shuningdek, “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahalliy zargarlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qaroriga quyidagi mazmundagi qo‘shimchalar kiritildi:
- qimmatbaho metallarni birja savdolarida chegirmalar qo‘llagan holda sotib oluvchi tadbirkorlarga qo‘yiladigan mezonlarni belgilashda quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib joriy qilindi:
- yaratilgan ish o‘rinlarining kamida 70 foizini zargarlik buyumlari va qimmatbaho metall buyumlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan ishchilar kasblarini tashkil etish;
- yaratilgan ish o‘rinlariga ishga qabul qilingan xodimlarga kamida 6 oy davomida ish haqi hisoblanishi va ushbu holat soliq organlari tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi;
- tadbirkorlik sub’yektlari zarur moddiy-texnika bazasi, uskunalar va boshqa texnika vositalari, ishlab chiqarish maydonlari hamda sharoitlarga ega bo‘lishi.
Mavzuga oid

09:14 / 26.02.2025
Tramp Rossiyaning nodir metallaridan foydalanish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi

23:31 / 28.01.2025
“O‘zbekiston havo yo‘llari” xalqni aldadimi?

09:28 / 28.01.2025
O‘zbekiston va BAA nodir metallarni qidirishda hamkorlikni jadallashtiradi

09:20 / 11.01.2025