Tadbirkorlarga qimmatbaho metallar uchastkalari auksion orqali taklif etiladi
Tadbirkorlik sub’yektlariga qimmatbaho, rangli, noyob metallar hamda noruda kon va uchastkalari (jami 390 ta) shaffof mexanizmlar asosida onlayn auksion orqali taklif etiladi.

2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, hududlarda mavjud mineral xomashyo resurslaridan samarali foydalanish maqsadida istiqbolli maydonlarda qimmatbaho, rangli va noyob metallarga geologiya-qidiruv ishlari o‘tkaziladi.
Tadbirkorlik sub’yektlariga qimmatbaho, rangli, noyob metallar hamda noruda kon va uchastkalari (jami 390 ta) shaffof mexanizmlar asosida onlayn auksion orqali taklif etiladi.
Iqtisodiyotning drayver tarmoqlari uchun mineral xomashyo bazasi zaxiralarini ko‘paytirish rejalashtirilmoqda.
Geologiya sohasini istiqbolli rivojlantirish hamda olib borilayotgan geologiya-qidiruv ishlarini yanada jadallashtirishga qaratilgan 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan mineral xomashyo bazasini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
O‘zbekistonda qora metallurgiya sanoatini 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi.
Qora metallurgiya sanoatini 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish mo‘ljallanmoqda.
Bunda:
- metallurgiya korxonalarini qora metall xomashyosi bilan barqaror ta’minlashni;
- qora metall prokati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga oshirishni;
- import qilinadigan butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallarni mahalliylashtirishni;
- energetika, shu jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va qurilish sohalari uchun metall konstruksiyalar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni nazarda tutish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Pokicton yomg‘ir suvini yig‘ish bo‘yicha tajriba almashadi
O‘zbekiston | 14:42
-
Ukraina sobiq mudofaa vaziri Reznikovning uyida tintuv o‘tkazildi
Jahon | 14:30
-
O‘zbekistonda Avstriya kompaniyasi ishtirokida tog‘-chang‘i kurorti quriladi
O‘zbekiston | 14:24
-
Daniya O‘zbekistonda bioprotein ozuqa qo‘shimchasini ishlab chiqaradi
O‘zbekiston | 14:23
Mavzuga oid

11:54 / 14.06.2025
Toshkentda quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni 70 ming dollarga sotayotganlar ushlandi

14:38 / 28.05.2025
Samsung Display Rossiya metallarini sotib olishni to‘xtatdi

00:23 / 21.04.2025
Olimlar ekstremal issiq va sovuqqa bardoshli «supermetall»ni yaratdi

14:00 / 09.04.2025