Beruniy tumanidagi avtosalonda yong‘in sodir bo‘ldi
Yong‘in oqibatida avtosalonning tom qismi va BYD rusumli avtomobil yonib zararlangan.

Foto: Videodan kadr
24 yanvar kuni soat 20:17 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumani, «Shabbaz» ovulida joylashgan elektromobil avtosalonida yong‘in sodir bo‘ldi.
Qayd qilinishicha, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 20:23 da voqea joyiga yetib borib, soat 20:48 da hududni o‘rab olib, soat 21:08 da yong‘inni o‘chirgan.
Yong‘in oqibatida avtosalonning 90 kv.m. maydoni tom qismi va bir dona BYD rusumli avtomobil yonib zararlangan.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yong‘in oqibatida jismonan jabrlanganlar yo‘qligi ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid

23:20 / 11.03.2025
Angren shahrida yuk mashinasi yonib ketdi

23:03 / 11.03.2025
Nyu-Yorkdagi o‘rmon yong‘inlari nima sababdan kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi

05:29 / 11.03.2025
Qashqadaryodagi zapravkada ikkita sisterna yonib ketdi. Jarohat olganlar bor

10:23 / 10.03.2025