Turkiya kompaniyasi ta’sischisi O‘zbekistonning «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi
Istanbul shahrida O‘zbekiston prezidenti tegishli farmoni bilan «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan Turkiyaning Cengiz Holding kompaniyasi ta’sischisi Mexmet Jyengizga mukofotni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo
«Dunyo» xabariga ko‘ra, tantanali tadbirda mazkur holding boshqaruv kengashi a’zolari va kompaniya xodimlari ishtirok etdi.
O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsuli Sherzod Abdunazarov davlat rahbarining Mexmet Jyengizni «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi tegishli farmonini o‘qib eshittirdi.
Mexmet Jyengiz mukofotni qabul qilib olar ekan, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga uning faoliyatiga berilgan yuksak baho va «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangani uchun minnatdorlik bildirdi.
- Hurmatli tadbir qatnashchilari, xonimlar va janoblar. Hayotim davomida ko‘plab medal va ordenlar bilan taqdirlanganman. Lekin O‘zbekiston prezidenti tomonidan taqdim etilgan mazkur «Do‘stlik» ordeni men uchun alohida ahamiyatga ega. O‘zbekiston bizning ona tuprog‘imiz. Yurtingizga sarmoya kiritdik, do‘stlik aloqalarini o‘rnatdik. Bugun men bu ordenni faxr ila qabul qildim. Fursatdan foydalanib, yuksak e’tibor uchun O‘zbekiston yetakchisiga minnatdorlik bildiraman. O‘zbekistonda bizga yaratib berilgan imkoniyatlar natijasida o‘z faoliyatimizni yo‘lga qo‘ydik. Shu orqali biz ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik rivojiga oz bo‘lsa-da hissa qo‘shyapmiz, - dedi u.
Mavzuga oid

13:48 / 10.03.2025
Istanbul shahridagi Bosh konsulxona Turkiyadagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

01:14 / 07.03.2025
Turkiya Gretsiya bilan chegarada birinchi marta devor quradi

19:18 / 06.03.2025
O‘jalanning chaqirig‘i: Bu Erdo‘g‘anning hokimiyatini uzaytiradimi?

16:59 / 06.03.2025