Dunyodagi eng qimmat brend nomi ma’lum bo‘ldi
Amerikaning Apple kompaniyasi ketma-ket ikkinchi yil dunyodagi eng qimmat brend bo‘ldi.

Foto: David Paul Morris / Bloomberg
Smartfonlar, kompyuterlar va boshqa texnologik jihozlar ishlab chiqaruvchi Amerikaning Apple korporatsiyasi ketma-ket ikkinchi yil dunyodagi eng qimmat brend bo‘ldi.
Kantar tadqiqot kompaniyasi tahlilchilari tomonidan tuzilgan Brandz Top 100 global brendlar reytingiga ko‘ra, kompaniya brendining umumiy kapitallashuvi 2023 yilda 7 foizga kamaydi va 880 milliard dollarni tashkil etdi. Korporatsiya qiymati 67 milliard dollarga kamaydi va 947 milliard dollarni tashkil qildi. Shunday bo‘lsa-da, Apple eng qimmat brend maqomini saqlab qoldi.
Qayd qilinishicha, Apple brend kapitallashuvi ko‘rsatkichlari pasaygan yagona kompaniya emas. Dunyodagi yuzlab eng qimmat brendlarning umumiy qiymati yillik hisobda birdaniga 20 foizga, ya’ni 6,9 trillion dollargacha kamaygan.
Reytingda ikkinchi o‘rinni Amerikaning yana bir kompaniyasi – Google egalladi. Yil davomida uning brendi kapitallashuvi 30 foizga kamayib, 577,7 milliard dollarni tashkil qildi. Yuqori uchlikdan Microsoft transmilliy kompaniyasi (-18 foiz, 501,9 milliard dollar) ham joy oldi.
Eng qimmat brendlarning yuqori o‘ntaligidan Amazon, Mcdonald’s, Visa, Tencent, Luis Vuitton, Mastercard va Coca-Cola ham joy olgan.
Mavzuga oid

17:03 / 11.03.2025
Apple kompaniyasi iPhone, iPad va Mac interfeysiga katta o‘zgarishlar kiritmoqchi

19:09 / 10.03.2025
Apple eng kutilgan yangi mahsulotini chiqarishni kechiktirdi

20:49 / 05.03.2025
Apple yangi MacBook Air noutbukini taqdim qildi

18:51 / 05.03.2025