Kreml Ukraina Putin qarorgohiga zarba berishga uringani haqida xabar berdi. Asosiy ma’lumotlar
Kreml Ukraina Putinning qarorgohiga dronlar vositasida zarba berishga uringanini ma’lum qildi.

Foto: «Ostorojno, novosti» telegram-kanali
3 mayga o‘tar kechasi ukrainlarning ikkita droni Vladimir Putinning Kremldagi qarorgohiga hujum qilishga urindi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
«Harbiylar va maxsus xizmatlarning radar jangovar tizimlaridan foydalangan holda o‘z vaqtida ko‘rgan choralari natijasida qurilmalar ishdan chiqdi. Ularning qulashi va parchalari sochilishi oqibatida jabrlanganlar yo‘q va moddiy zarar yetkazilmagan», deya xabar bergan RIA Novosti Kreml bayonotiga tayangan holda.
Kremldan ma’lum qilishlaricha, hujum oqibatida Vladimir Putin jabrlanmagan, uning ish grafigiga o‘zgartirish kiritilmagan. Shuningdek, xabarda aytilishicha, Rossiya tomoni «o‘zi xohlagan joyda va vaqtda javob choralarini ko‘rish» huquqini o‘zida saqlab qoladi.
RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, zarba vaqtida Putin Kremlda bo‘lmagan. Kreml hujumni rejalashtirilgan terrorchilik harakati, Rossiya prezidenti hayotiga suiqasd deb atadi.
Kreml xabari e’lon qilinishidan oldin Moskva meri Sergey Sobyanin 3 may kunidan e’tiboran poytaxtda dron uchirish taqiqlanishi haqida e’lon qilgandi. «Bu qaror huquq-tartibot idoralari ishini murakkablashtirishi mumkin bo‘lgan uchuvchisiz uchish apparatlaridan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish maqsadida qabul qilingan», deya izoh bergan u.
Ijtimoiy tarmoqlarda Kreml hududida tutun paydo bo‘lgani aks etgan videolar tarqaldi. Hududda yashovchilar «momaqaldiroq»ni eslatuvchi «baland ovoz»ni eshitishgan.
Guvohlarning yozishicha, tutun chiqishidan avval portlash ovozi eshitilgan, Kreml devorlarida chiroq ko‘targan odamlar paydo bo‘lgan. Shuningdek, Kremldagi ba’zi chiroqlar o‘chirilgan.
Mavzuga oid

23:00 / 10.03.2025
FXX ukrainaliklarning Rossiya kirishini 50 yilgacha taqiqlashni boshladi

22:00 / 10.03.2025
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

20:32 / 10.03.2025
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

16:59 / 10.03.2025