Nurafshonda noqonuniy mayning ferma aniqlandi

Foto: Prokuratura departamenti
Nurafshon shahrida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafshon shahar bo‘limi tomonidan Toshkent viloyati DXX boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro A.U.ga tegishli “Oybek” MFYdagi noturar bino ko‘zdan kechirilganida, xorijiy davlat fuqarosi Y.S. va fuqaro B.R. ushbu binoda 127 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,5 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

08:16 / 17.02.2025
1,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi

21:53 / 13.02.2025
Samarqandda 1,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgan mayning ferma aniqlandi

19:31 / 30.12.2024
Chechenistonda kriptovaluta mayningi bilan shug‘ullanuvchilar terrorchilarga tenglashtiriladi

08:14 / 18.12.2024