Samarqand viloyatidagi YTHda 2 piyoda halok bo‘ldi
Samarqandda tartibga solinmagan piyodalar yo‘lakchasi oldida yo‘lni kesib o‘tish uchun turgan piyodalarni Damas urib yuborgan.

Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyati Ishtixon tumanida Damas urib yuborgan ikki kishi vafot etgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2023 yil 3 yanvar kuni soat 22:30 larda M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi avtomobil yo‘lining Ishtixon tumani hududidan o‘tgan 51-kilometrida sodir bo‘lgan.
Damas mashinasi tartibga solinmagan piyodalar yo‘lakchasi oldida yo‘lni kesib o‘tish uchun turgan ikki kishini urib yuborgan.
Oqibatda og‘ir tan jarohati olgan ikkala piyoda shifoxonada vafot etgan.
Mavzuga oid

17:39
Meksikada avtobuslar ishtirokidagi ikkita YTHda 25 kishi halok bo‘ldi

17:21
Ozoda Nursaidovaning klipini suratga olishda aktrisa qizni avtomobil bosib ketdi

12:27
Boysunda YTH oqibatida 8 yoshli qiz halok bo‘ldi

12:10