Telegram 2022 yildagi yakuniy yangilanishni chiqardi
Tasvirni yashirish, xotirani boshqarish, o‘zganing profiliga rasm qo‘yish, yangi emojilar va boshqa ko‘plab yangiliklar taklif qilinmoqda.

Foto: Nikita Popov
Telegram 2022 yilda yana bir yangilanishni chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. Eng e’tiborga molik yangi xususiyatlardan biri bu media fayllarni spoyler bilan yashirish imkoniyatidir. Yashirin tasvirni ko‘rish uchun uni bosish kerak bo‘ladi. Ilgari buni faqat matn bilan qilish mumkin edi.
Messenjerning yangi versiyasi xotirani boshqarishning yanada nozik sozlamalarini taklif qiladi: turli toifadagi chatlarning (shaxsiy xabarlar, guruhlar va kanallar) fayllar keshidan avtomatik o‘chirishni sozlash mumkin yoki ba’zi chatlarni istisnoga qo‘shish mumkin.
Xotirada egallab turilgan joy vizualizatsiyasi ham qayta ishlab chiqilgan: endi hamma narsa doiraviy diagrammada ko‘rsatiladi.
Shu bilan birga, iOS qurilmalarida egallab turilgan joyni hisoblash tezlashtirilgan (Android qurilmalarida bu jarayon tezkor edi).
Yana bir yangi xususiyat — kontakt uchun profil rasmlarini qo‘shish. Endi siz boshqa birovning profili qanday ko‘rinishini tanlashingiz, unga surat qo‘yishingiz mumkin, lekin boshqa foydalanuvchilar uni ko‘rmaydi. Agar sizga surat yoqsa, uni profil egasiga taklif qilishingiz ham mumkin.
Shuningdek, shaxsiy profil rasmini ba’zi foydalanuvchilardan yashirish imkoniyati ham berilmoqda. Bunda barcha uchun umumiy ko‘rsatiladigan rasmni yuklash ham mumkin. Profil fotosurati uchun to‘liq maxfiylik ham joriy etilgan. «Mening suratimni kim ko‘ra oladi?» - endi «Hech kim» opsiyasini tanlab, alohida foydalanuvchilar yoki butun guruhlarni istisnolar ro‘yxatiga qo‘shish mumkin.
Shuningdek, yangiliklar ro‘yxatida:
- Tasvirlarni tahrirlash, chizish, fotosuratlar va videolarga matn qo‘shish uchun yangi vositalar;
- Boshqa sahifalarga va chatda yuqoriga ko‘tarilgan xabarlarga o‘tishda yangi animatsiyalar (faqat Android qurilmalarida).
- Premium a’zolari uchun 10 ta yangi animatsion emoji to‘plami.
- 🎅🏼🎄⛄💅🗿🆒🤪 emojilari endi interaktiv rejimga ega (bu ishlashi uchun emojini chatga yuborish va ustiga bosish kerak).
- Bundan tashqari, yuqoridagi emojilardan endi postlarga munosabat sifatida ham foydalanish mumkin.
Yangi funksiyalarga ega bo‘lish uchun ilovani yangilash talab etiladi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda ko‘p qavatni turar joy qurish uchun berilgan xulosa sudda bekor qilindi
O‘zbekiston | 08:55
-
O‘zbekistonda OTB ishtirokida 23 ta yangi loyiha amalga oshiriladi
Iqtisodiyot | 08:52
-
Germaniya: Rossiya muzokaralardan oldin sulhga rozi bo‘lishi kerak
Jahon | 08:11
-
Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi
O‘zbekiston | 08:07
Mavzuga oid

19:22 / 21.04.2025
«Telegram hech qachon shaxsiy xabarlarni oshkor qilmagan» – Durov Fransiya parlamenti qarorini olqishladi

11:27 / 08.04.2025
Telegram Rossiyada 7 million rubl jarimaga tortildi

21:55 / 01.04.2025
Pavel Durov Telegram’da virtual g‘ishtlar sotish ortidan 100 mln rubl ishlab oldi

17:47 / 26.03.2025