O‘zbekiston gilamlarini asosan qirg‘izistonliklar sotib olyapti
O‘zbekiston 9 oyda qiymati 26,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan.
O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 26,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, gilam eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,2 mln AQSh dollariga kam.
2022 yilning 9 oyida O‘zbekiston gilam eksport qilgan asosiy davlatlar orasida Qirg‘iziston birinchi o‘rinni egallab turibdi – 15,6 mln dollar.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Ozarboyjon – 3,6 mln;
- Afg‘oniston – 2,6 mln;
- Rossiya – 2,5 mln;
- Qozog‘iston – 1,1 mln;
- Tojikiston – 401 ming AQSh dollari.
Mavzuga oid

16:40
Tojikiston va Qirg‘iziston chegara bo‘yicha shartnoma imzoladi, aviaqatnovlarni tiklashga kelishdi

18:01 / 12.03.2025
Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara ochiladi

17:24 / 12.03.2025
O‘zbekiston milliy jamoasining Qirg‘iziston va Eronga qarshi o‘yin uchun tarkibi e’lon qilindi

20:37 / 10.03.2025