Jahon | 18:01 / 12.03.2025
3573
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara ochiladi

Chegara qurolli to‘qnashuv yuz bergan 2021 yilning may oyidan beri yopiq edi. Endi ikkala davlat ham chegarani to‘liq delimitatsiya qildi.

Foto: AFP

Tojik-qirg‘iz chegarasi 13 mart kuni ochiladi. Har ikki tomon chegara o‘tish joylarining rasmiy ochilishi hukumatning yuqori martabali amaldorlari ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Asia-Plus xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, tarixiy voqeada ikki davlat rahbarlari ham ishtirok etishi mumkin.

12 mart kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon ikki kunlik davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi. Muzokaralar chog‘ida Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning turli jihatlari hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama qilinadi. Uchrashuv yakunida ikki davlat prezidentlari ikki tomonlama bitimlar paketini imzolaydilar.

Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara 2021 yilning may oyidan beri yopiq. Bu Qirg‘iziston tomonining qarori bilan aprel oyida ikki davlat harbiy xizmatchilari ishtirokida sodir bo‘lgan va o‘nlab odamlar halok bo‘lgan qurolli to‘qnashuvdan keyin sodir bo‘ldi. Shunda Bishkek chegara to‘liq delimitatsiya qilingandan keyin ochilishini ma’lum qilgan edi.

Tomonlar umumiy chegara chizig‘ini aniqlash jarayonini faollashtirishga kelishib oldilar. 2022-2024 yillarda ikki davlat o‘rtasida chegarani delimitatsiya qilish masalalari bo‘yicha o‘nlab uchrashuvlar o‘tkazildi. Tomonlar o‘zaro kelishuviga ko‘ra, ishchi guruhlarning uchrashuvlari navbatma-navbat Tojikiston va Qirg‘izistonda o‘tkazildi.

2024 yil dekabrda Tojikiston-Qirg‘iziston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha delegatsiyasi davlat chegarasi uchastkalarini tavsiflash to‘liq yakunlangani haqida xabar berdi.

21 fevral kuni Tojikiston va Qirg‘iziston Bishkekda ikki davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha hujjatlar loyihalarini imzoladi.

Mavzuga oid