Germaniya g‘arbida kuchli tornado: shaharlarda vayrongarchiliklar
Germaniya g‘arbidagi bir necha shaharga halokatli bo‘ron yopirildi. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 43 kishi jabrlangan.
Paderborn shahri politsiyasi bu hududda tornado yuzaga kelib, binolar tomini uchirib yuborgani va bir necha kilometrlik masofalarga uloqtirib yuborganini xabar qilgan. 10 kishi jiddiy tan jarohatlari olgan, bir ayol og‘ir ahvolda qolmoqda.
Regionda kuchli to‘fon juma kuni boshlangan va 38 yoshli kishi o‘limiga sabab bo‘lgan. Mahalliy nashrlar politsiyaga asoslanib xabar berishicha, Paderborndan 180 km janubi-g‘arbda joylashgan Vittgert shahrida yashovchi bu erkak suv bilan to‘lgan uy yerto‘lasida tok urishi oqibatida halok bo‘lgan.
150 ming aholi yashovchi Paderborn shahri tabiiy ofatning asosiy kuchini o‘ziga qabul qilgan.
Paderbornda olingan va ijtimoiy tarmoqqa joylangan videolarda tornado ustuni ko‘chalar bo‘ylab o‘tayotgani va vayronkorlik keltirayotganini ko‘rish mumkin.
Politsiya tomonidan e’lon qilingan fotosuratlarda sinib qulagan daraxtlar va tomsiz qolgan uylarni ko‘rish mumkin.
«Metall listlari, g‘iloflar va boshqa materiallar kilometrlab masofalarga sochilib ketgan. Son-sanoqsiz uylarning tomlari yerga uchib tushgan yoki jiddiy shikastlangan. Ko‘plab daraxtlar mashinalar ustiga yiqilgan», deya xabar beradi Paderborn politsiyasi.
Paderborndan 30 km masofada joylashgan Lippshtadt shahri ham tornadodan jiddiy zarar ko‘rgan. Hudud o‘t o‘chirish xizmati vakili ma’lumotiga ko‘ra, bu yerda tabiiy ofat vaqtida jarohat olganlar qayd etilmagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda Hellinghauzendagi cherkov binosi gumbazi qulab tushganini ko‘rish mumkin.
BBC ob-havo ma’lumotlari boshlovchisi, meteorolog Kris Foks Germaniya uchun tornado - har yilgi tabiat hodisasi ekani, ammo odatda nisbatan kuchsizroq kechgani va halokatli oqibatlarga sabab bo‘lmaganini aytadi.
Foksning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda Yevropada asosan kuchsiz tornadolar kuzatilmoqda va jiddiy talafotlar bo‘lmayapti, bu asosan prognozlash va kuzatish tizimi samarasidir.
«Iqlim o‘zgarishi tornado bilan bog‘liq vaziyatga ta’sir qiladimi, yo‘qmi, bu hali ham muhokama mavzusi», deya qo‘shimcha qiladi Foks.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Pensiya yoshini oshirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan” – Pensiya jamg‘armasi
O‘zbekiston | 12:21
-
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusda bo‘ladi
O‘zbekiston | 12:14
-
WSJ: Isroilning Eron bilan urushi Rossiya-Xitoy gaz quvuri g‘oyasini jonlantirdi
Jahon | 11:38
-
Tramp: Putinning Ukrainadan tashqari ambitsiyalari bo‘lishi mumkin
Jahon | 11:32
Mavzuga oid

23:47 / 07.04.2025
AQShda tornado va suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi

17:17 / 18.03.2025
AQSh markaziy va janubiy shtatlarida kuchli tornado: Tramp xalqni ibodatga chaqirdi

08:37 / 16.03.2025
AQShga kuchli tornado yopirildi, o‘nlab qurbonlar bor

18:54 / 19.08.2024