AQSh Kongressiga O‘zbekiston haqida rezolyutsiya kiritildi
19 may kuni AQSh Kongressining Vakillar palatasiga O‘zbekiston mustaqilligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlovchi rezolyutsiya ko‘rib chiqish uchun kiritildi.

Foto: Reuters
Hujjatda 1991 yil O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilgani va 2002 yilga kelib o‘zaro aloqalar strategik hamkorlik darajasiga ko‘tarilgani ma'lum qilingan.
Shuningdek, so‘nggi 5 yilda O‘zbekistonning mintaqadagi barqarorlik va iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbuslari olqishlangan.
2020 yil noyabrda Kolumbiya okrugida o‘tkazilgan ikki tomonlama konsultatsiyalar yakuniga ko‘ra, tomonlar Afg‘oniston va mintaqadagi xavfsizlikni ta'minlash, terrorizmga qarshi kurash, ikki tomonlama savdo va investitsiyalar, ta'lim sog‘liqni saqlash, kiberxavfsizlik hamda O‘zbekistonda inson huquqlari, diniy erkinliklar va so‘z erkinligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni oldinga surish borasida kelishuvlarga erishgan.
Kongress ushbu rezolyutsiyani qabul qilsa, AQSh bu orqali O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetini ta'kidlagan holda, so‘nggi yillarda mamlakatda muhim siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar bo‘layotganini tan oladi.
Shuningdek, Vakillar palatasi O‘zbekistonni 2021-2023 yillarda BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashi a'zoligiga saylanishini tan olgan holda, hukumatni ushbu pozitsiyadan inson huquqlarini keng targ‘ib qilish va bunga rioya qilmayotganlarni javobgarlikka tortish uchun foydalanishga chaqiradi.
Bundan tashqari, kongressmenlar ushbu rezolyutsiyada O‘zbekiston hukumatini turli sohalarda yangi imkoniyatlar ochish uchun AQSh bilan yanada chuqurroq iqtisodiy hamkorlikka chaqirishi kutilmoqda.
Mavzuga oid

11:02
AQSh Ta’lim vazirligi xodimlarining deyarli yarmini qisqartiradi

08:30
AQSh Ukrainaga yordam taqdim etishni tikladi

18:09 / 11.03.2025
Trampni qo‘llab-quvvatlagan biznes elita milliardlab dollar yo‘qotdi

17:26 / 11.03.2025