Fransiya uchinchi lokdaunga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Navbatdagi karantin e'lon qilinishiga Fransiyada koronavirusning "britancha" turi shitob bilan tarqalishi va JARda aniqlangan yangi shtammi sabab bo‘lmoqda.

Foto: AP Photo/Bob Edme
Fransiyada yaqin vaqt ichida koronavirus sababli uchinchi marta karantin e'lon qilinishi mumkin, deb xabar bermoqda Le Journal du Dimanche gazetasi.
Xabarda aytilishicha, hozirda yangi lokdaun muddati va cheklovlar turlari muhokama qilinmoqda. Navbatdagi karantin e'lon qilinishiga Fransiyada koronavirusning "britancha" turi shitob bilan tarqalishi va JARda aniqlangan yangi shtammi sabab bo‘lmoqda.
Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron yangi cheklovlar bo‘yicha 27 yanvar kuni chiqish qilishi kutilmoqda.
Yangi karantin rejimi kelasi hafta oxirigacha kuchga kiradi va nashr manbalarining so‘zlariga ko‘ra, "kamida uch hafta davom etadi".
Mavzuga oid

19:45 / 18.03.2025
Parijda politsiya migrantlar egallab olgan teatr binosida operatsiya o‘tkazdi

12:00 / 16.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi

21:15 / 15.03.2025
Parijdagi kelishuvlar, 800 millionlik boj va taglik tekshiruvi - hafta dayjesti

20:35 / 15.03.2025